So'nggi yangiliklar

2022- yilning yanvar-oktabr oylarida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmida eng katta ulush telekommunikatsiya xizmatlariga (simli va mobil aloqa xizmatlari, internet va boshqalar xizmatlari) to‘g'ri keladi. Ularning ulushi 64,9 %ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar- oktabr oylarida, ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining ulushi 2021- yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan 4,1 % punktga kamaydi va 23,8 % ni tashkil etdi.

2022- yilning 1- noyabr holatiga 12,9 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari xizmat maqsadida xorijga safar qilgan, ulardan:

Oʻzbekiston Respublikasi doimiy aholisi sonining har 5 mln. kishiga oʻsishi:

2022-yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekistonga 184,3 tonna avokado import qilingan.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlarining tovar va xizmatlar eksport hajmi 3852,8 mln. AQSh. dollarini yoki о‘tgan yilning shu davriga nisbatan 149,6 % ni tashkil etdi, shundan eng ko‘p eksport  kichik korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelib - 2543,7 ming. AQSh. dollarni tashkil qildi.

Respublikamizda joriy yilning 1- dekabr holatiga jami 59 061 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritayotganligi ma’lum bo‘ldi. Shunda ularning hududlar kesimidagi soni quyidagicha shakllandi:

2022- yilning yanvar- oktabr oylarida, ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari faoliyat turi bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlarining eng yuqori o‘sish sur’ati Namangan viloyati (2021- yilga nisbatan 261,7 %)ga to‘g‘ri keldi.

2022- yilning 1- dekabr holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 15 497 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 389 taga ko‘paygan.

2022-  yil yanvar-sentabr oylarida oʻrtacha sutkalik hisobda temir yoʻl transportida yuk tashish 201,0 ming tonnani tashkil etdi yoki 2021- yilning mos davriga nisbatan 2,7 % ga oshdi. O‘rtacha bir tonna yuk jo‘natish masofasi 343,8 km. ga yetdi yoki 2021- yilning shu davriga nisbatan 0,8 % ga kamaydi.

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida respublika boʻyicha 850282 ta tirik tugʻilish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.Bu koʻrsatkich hududlar boʻyicha solishtirilganda eng koʻp Samarqand viloyatida 101858 ta holat kuzatilgan.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-sentabrida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida  kichik tadbirkorlik (biznes) umumiy hajmiga nisbatan ulushi 96,7 % ni tashkil etdi. Hududlar kesimida eng ko‘p ulush Jizzax viloyatida – 99,0 % ni tashkil qildi.

2022-yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekistonga 653 tonna ananas import qilingan.

2022- yilning 1- dekabr holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 15 497 tani, shundan qo‘shma korxonalar 6 401 ta va xorijiy korxonalar 9 096 tani tashkil etgan bo‘lib, ularning sohalar bo‘yicha soni quyidagi ko‘rinishda aks etdi:

Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida oʻqish maqsadida 5346 nafar chet el fuqarolari Oʻzbekistonga tashrif buyurgan boʻlsa, bulardan 1364 nafari hindistonliklardir.

Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022-yilning yanvar-noyabr holatiga ko‘ra Andijon viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 76,4 %ni tashkil etadi.

2022-yilning yanvar–sentabr oylarida Andijon viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan tirik vaznda 126,2 ming t. goʻsht (2021– yilning yanvar – sentabriga nisbatan 102,4 %), 663,8 ming tonna sut (103,3 %), 436,7 mln. dona tuxum – (100,7 %), yetishtirildi va 7 813 t. baliq (112,6 %) ovlandi.

2022- yilning yanvar-oktabr oylarida avtomobillar va mototsikllar ulgurji va chakana savdosi bo‘yicha xizmatlar, shu jumladan, ularni taʼmirlash xizmatlari hajmida Toshkent shahrining ulushi 34,8 % ni yoki 1 877,3 mlrd. soʻmni tashkil etdi. Nisbatan past koʻrsatkich Sirdaryo viloyatida qayd etildi – 1,1 % yoki 61,2 mlrd soʻm.