So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 7- sentabr kuni Davlat statistikasi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ikramov Agzam Anvardjonovich Andijon viloyati statistika boshqarmasida yillar davomida statistika sohasida mehnat qilayotgan mehnat faxriylarni Prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan ko‘krak nishonini topshirdi. Boshqarmaning yangi yosh rahbar kadrlarini ham taqdirlab, o‘z ish foaliyatidan mahorat darsi hamda motivatision seminar o‘tib berdi.
06/09/2021 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 6- sentabr kuni Davlat statistikasi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ikramov Agzam Anvardjonovich Andijon viloyati statistika boshqarmasida yig‘ilish o‘tkazdi.
06/09/2021 • So'nggi yangiliklar
Aholini ro‘yxatga olish, avvalo, davlat yoki hukumat emas, balki jamiyatning o‘zi uchun zarur bo‘lib, u vaqti-vaqti bilan o‘z-o‘zini ko‘zguda ko‘rish orqali rivojlanish natijalarini baholash imkoniyatidir. Ro‘yxatga olishda qatnashayotgan har bir fuqaro o‘zi haqidagi ma'lumotlarni taqdim eta turib, o‘zlari mansub bo‘lgan kishilar guruhiga tegishli ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi.
Andijon viloyati statistika boshqarmasi jamoasi sizni xalqimizning eng ulug‘, eng aziz bayrami – O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!
Shunday qutlug‘ damda yurtimizga tinchlik, barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga farovonlik tilab qolamiz!
31/08/2021 • So'nggi yangiliklar
Prezidentimizning 2021- yil 24- maydagi Farmoniga binoan taʼsis etilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi. Hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan tub islohotlar, yangilanishlarni oʻz ijod namunalarida aks ettirayotgan Asaka tumani statistika bo‘limi boshlig‘i- Bozarbaev Zafarbek Zaynobidinovich, Izboskan tumani statistika bo‘limi boshilig‘I - Rejabov Xusanboy Shaxobjonovich, Ulug‘nor tumani statistika bo‘limi boshilig‘i - Raximov Xusanboy Maripovich, Paxtaobod tumani statistika bo‘limi boshilig‘i - Muxtorov Tolibjon Kobilovich Andijon statistika boshqarmasi jamoasida ham hurmat-ehtiromga ega.
Mamlakat fuqarolari to‘g‘risidagi ma'lumotlar har qanday davlat milliy statistikasining muhim qismi sanaladi. Bunday ma'lumotlar ma'lum vaqt oralig‘ida aholini ro‘yxatga olish tadbirlari orqali to‘planadi. Ular nafaqat respublika, balki Yer yuzi aholisining soni, ijtimoiy holati, daromadlari kabi bir qancha muhim axborotlarni hisoblab borishga xizmat qiladi.
27/08/2021 • So'nggi yangiliklar
Mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan, Andijon viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida Xo'jaobod tumanidagi belgilab berilgan hududda boshqarma xodimlari obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etmoqda.
21/08/2021 • So'nggi yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021- yil 12- avgustdagi 455-F sonli farmoyishiga muvofiq, joriy yilning 21- avgust kuni Respublika miqyosida umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari Andijon viloyati statistika boshqarmasi barcha xodimlari umumxalq obodonlashtirish xayriya hasharida faol ishtirok etmoqdalar.
19/08/2021 • So'nggi yangiliklar
Yusupov Muxiddin Maxamadaminovich Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi. Yusupov Muxiddin Maxamadaminovich 1986-yilda Andijon viloyati Jalaquduq tumanida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy 2009-yilda O‘zbekiston Milliy universiteti hamda 2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tamomlagan. Tayinlovga qadar Yusupov Muxiddin Maxamadaminovich Andijon viloyati Jalaquduq tumani hokimligi bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan. Andijon viloyati statistika boshqarmasi jamoasi yangi lavozim bilan tabriklaydi.
19/08/2021 • So'nggi yangiliklar
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro`yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o`tkazilishi rejalashtirilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar:
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyul oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 194,0 mln. AQSh dollariga teng yengil avtomobillar eksport qilingan.
Mamlakat fuqarolari to‘g‘risidagi ma'lumotlar har qanday davlat milliy statistikasining muhim qismi sanaladi. Bunday ma'lumotlar ma'lum vaqt oralig‘ida aholini ro‘yxatga olish tadbirlari orqali to‘planadi. Ular nafaqat respublika, balki Yer yuzi aholisining soni, ijtimoiy holati, daromadlari kabi bir qancha muhim axborotlarni hisoblab borishga xizmat qiladi.
13/08/2021 • So'nggi yangiliklar
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning yangi bosqichi doirasida so‘nggi yillarda milliy statistika sohasini rivojlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, islohotlarning muhim yo‘nalishi sifatida statistika sohasining qonunchilik asoslarini takomillashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda.
11/08/2021 • So'nggi yangiliklar
2021– yilning yanvar– iyun yakunlariga ko‘ra,qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lar umumiy hajmining 97,4 % i dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar, 2,4 % i – o‘rmon xo‘jaligi, 0,4 % i – baliq xo‘jaligi hissasiga to‘g‘ri keladi.
09/08/2021 • So'nggi yangiliklar
Andijon viloyatida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda Qo’rg’ontepa (2020- yilning yanvar-iyun oyiga nisbatan 103,8 %), Jalaquduq (113,5 %), Izboskan (115,2 %), Paxtaobod (125,8 %) va Baliqchi (141,5 %) , Buloqboshi (103,8 %) ,Ulug’nor (118,3 %), tumanlarida sezilarli darajada oshdi.
09/08/2021 • So'nggi yangiliklar
2021- yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi joriy narxlarda 318,5 trln. so‘mni tashkil etgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 6,2 % ga o‘sdi.
YaIM o‘sishi iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridagi – qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 1,8 %, sanoatda 8,5 %, qurilishda 0,1 % va xizmatlar sohasida 8,0 % darajasida qayd etilgan ijobiy o‘sish sur’atlari hisobiga ta’minlandi.
09/08/2021 • So'nggi yangiliklar
Davlat statistika qo’mistasidan biriktirilgan “Ro‘yxatga olishni tashkil etish va ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘limi” boshlig‘ining o‘rinbosari O.Sidiqov hamda kadastr boshqarmasi boshlig‘i va Andijon viloyati statistika boshqaramasi “Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo'limi” boshlig‘I L. Urinov ishtirokida amaldagi to‘planib qolgan masalalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
328-sahifa 331 dan