Joriy yilning 14- fevral kuni viloyatimizda shoh sarkarda, benazir shoir, jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga munosib hissa qo‘shgan hamyurtimiz Zahiriddin Muhammad Boburning 540 yillik tavallud kuniga bag‘ishlangan tadbir Andijon shahrining Bobur maydoni hamda Bog‘ishamol dahasidagi Z.M. Bobur nomli muzeylarida keng nishonlanmoqda.
Tadbirda Andijon viloyat statistika boshqarmasining boshlig‘i N.G‘. To‘xtaboyev hamda boshqarma xodimlari ishtirok etdilar. Tadbir davomida Bobur izdoshlari tomonidan uning qalamiga mansub g‘azal, muhammaslar o‘qilib, she‘rlari kuyga solindi.
Tole yoʻqi jonimgʻa baloligʻ boʻldi,
Har ishnikim ayladim – xatoligʻ boʻldi,
Oʻz yerin qoʻyib Hind sori yuzlandim,
Yo Rab, netayin, ne yuz qaroligʻ boʻldi.
Axborot xizmati