09/09/2026

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi

2026-yil 9-sentabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish, xodimlarning bu boradagi huquqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan qabul qilingan “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi buyruq, 2026-yil 5-sentabrda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan 3934-son bilan ro‘yxatga olingan hujjatning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi O‘RQ–1155-son “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq qabul qilinganligi tushuntirildi.

Seminar davomida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda xodimlarning qonunchilik talablariga qat’iy rioya etishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarning savollariga javoblar berilib, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha tegishli tavsiya hamda tushuntirishlar berildi.

 

 

Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbiri boshlanishiga:

00
Kun
00
Soat
00
Daqiqa
00
Soniya