31/07/2026

Andijon viloyati statistika boshqarmasida navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” oʻtkazildi



Andijon viloyati statistika boshqarmasi xodimlarining siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish hamda davlatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatini yetkazish maqsadida tashkil etilgan tadbirda quyidagi muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi:



Qabul qilinayotgan yangi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati
Davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari hamda dolzarb ijtimoiy-siyosiy jarayonlar
Xodimlarda mamlakatimiz taraqqiyotiga daxldorlik hissini mustahkamlash va fuqarolik mas’uliyatini yuksaltirish



Muntazam ravishda oʻtkazib kelinayotgan ushbu muloqotlar jamoaning jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy oʻzgarishlarga boʻlgan qarashlarining yuksalishiga xizmat qilmoqda.

 

 

Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbiri boshlanishiga:

00
Kun
00
Soat
00
Daqiqa
00
Soniya