03/08/2026

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
Joriy yilning 3-avgust kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘quv mashg‘uloti davomida Adliya vazirligida 3894-raqam bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Davlat organi yoki tashkilotida mehnat shartnomasi tugatilgan yoki xizmatdan bo‘shatilgan xodimni o‘zi nazoratni amalga oshirgan tashkilotlarga ishga qabul qilishda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasidan xulosa olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining buyrug‘i mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Shuningdek, Adliya vazirligida 3906-raqam bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining buyrug‘i haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

Mashg‘ulot davomida mazkur hujjatlarda belgilangan talablar, ularning amaliy ahamiyati, xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi mas’uliyati, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘quv mashg‘uloti yakunida boshqarma xodimlariga mazkur normativ-huquqiy hujjatlar talablariga qat’iy rioya qilish, xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

 

 

Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbiri boshlanishiga:

00
Kun
00
Soat
00
Daqiqa
00
Soniya