O‘zbekistonda yarim yilda 192 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda 192 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13,8 foizga oshgan.
Qurilish ishlari hajmi yillar kesimida quyidagicha (yanvar-iyun):
2022 yil – 59,7 trln so‘m;
2023 yil – 68,8 trln so‘m;
2024 yil – 79,8 trln so‘m;
2025 yil – 159,7 trln so‘m;
2026 yil – 192 trln so‘m.




