24/08/2026

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi

24-avgust kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil 5-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy ma’ruza haqida”gi SQ-183-V-son qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Xususan, mazkur qarorda korrupsiyaga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash va bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, korrupsiyaga oid jinoyatlarni muntazam tahlil qilish, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish bo‘yicha belgilangan vazifalar tushuntirildi.

Shuningdek, xodimlarga korrupsiyaga qarshi kurashishda qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish, xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarish hamda korrupsiyaviy holatlarga murosasiz munosabatda bo‘lish zarurligi ta’kidlandi.
Seminar yakunida ishtirokchilarning savollariga javoblar berilib, tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.

 

 

Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbiri boshlanishiga:

00
Kun
00
Soat
00
Daqiqa
00
Soniya