Paxtaobod tumanida "Biznesni roʻyxatga olish" tadbiri boʻyicha oʻquv seminarlari qizgʻin davom etmoqda

Paxtaobod tumanida mahalla hokim yordamchilari uchun maxsus amaliy oʻquv-seminarlari tashkil etilmoqda.

Seminar davomida quyidagi mavzular atroflicha muhokama qilinmoqda:
PF-190-sonli Prezident farmonida ko'zda tutilgan "Biznesni roʻyxatga olish" tadbirining tub mazmun-mohiyati va ustuvor vazifalari.
Hududdagi barcha tadbirkorlik subyektlarini toʻliq ro'yxatga olish hamda haqiqiy iqtisodiy koʻrsatkichlarni shakllantirish.
Roʻyxatga oluvchilar tomonidan savolnomalarni haqqoniy toʻldirish, tadbirkorlar bilan oʻzaro hurmat va xushmuomalalik asosida ishlash koʻnikmalari oshirish.

Iqtisodiy koʻrsatkichlarimizni va kelgusidagi rejalarni birgalikda mustahkamlaymiz!
Barchani "Biznesni roʻyxatga olish" tadbirida faol va masʼuliyatli boʻlishga chaqiramiz.




