So'nggi yangiliklar
25/06/2021 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 8 iyun kuni viloyati statistika boshqarmasida navbatdagi maʼnaviyat soati tashkil etildi. Tadbirda “Bir jamoada ezgu maqsadlar sari” mavzusida soʼz yuritildi. Tadbirni viloyat statistika boshqarmasi boshligʼining oʼrinbosari X.Mirzaev ochib berdi va qisqacha gapirib oʼtdi.
25/06/2021 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 25- iyun kuni Andijon viloyati Marhamat, Shahrixon, Xo'jaobod, Andijon shahar statistika bo‘limlari tomonidan tumanda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning hisobchilari ishtirokida amaliy seminar o‘tkazildi.
24/06/2021 • So'nggi yangiliklar
Maqsad aniq, rejalar qatʼiy. Аmaliy ishlarga esa allaqachon kirishilgan. Xususan, Prezidentimiz Farmoni asosida Аholini roʼyxatga olish tadbirini oʼtkazish Kontseptsiyasi tasdiqlandi.
Mazkur Kontseptsiya asosida Oʼzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʼmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Аdliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Oʼzbekiston Respublikasining “Аholini roʼyxatga olish toʼgʼrisida”gi Qonuni loyihasi ishlab chiqilib, keng muhokama va huquqiy ekspertizalardan soʼng 2020 yil 16 mart kuni qabul qilindi.
24/06/2021 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 24- iyun kuni Andijon viloyati Bo’ston, Buloqboshi, Jalaquduq, Ulug’nor, Qo’rg’ontepa tuman statistika bo‘limlari tomonidan tumanda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning hisobchilari ishtirokida amaliy seminar o‘tkazildi.
22/06/2021 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 22- iyun kuni Andijon viloyati Andijon, Xonobod, Shahrixon, Izboskan tuman statistika bo‘limlari tomonidan tumanda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning hisobchilari ishtirokida amaliy seminar o‘tkazildi.
21/06/2021 • So'nggi yangiliklar
2021- yilning yanvar - may oylarida viloyatning barcha hududlarida joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra savdo aylanmasi hajmi 216,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bunda asosiy yirik hajm non va non mahsulotlari mahsulotlari savdosiga (61,2 mlrd. so‘m) to‘g‘ri keldi.
2021- yil yanvar-may oyida, ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida savdo xizmatlarining ulushi 27,0 % ni tashkil etdi, bu esa 1 575,3 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.
Shu bilan birga, ishlab chiqarish sanoatida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirganda yengil avtomobillar – 37,7 % ga kamaydi. Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2021-yilning yanvar-may oylarida 25059 dona “Cobalt” (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 83,2%), 11130 dona “Nexia T-250” (37,8 %), 16848 dona “Lacetti-Gentra” (79,1 %), 4942 dona “Spark” (40,6 %) avtomobillari ishlab chiqarildi.
18/06/2021 • So'nggi yangiliklar
Ushbu quvvatlar yiliga 40 million dollarlik trikotaj va 25 millionlik djinsi mahsulotlarini eksport qilishni maqsad qilgan. Prezidentimiz yangi korxonalardagi ish jarayonini, mahsulot namunalarini koʼzdan kechirdi. Mutasaddilarga korxonalar faoliyatini kengaytirishni qoʼllab-quvvatlash boʼyicha koʼrsatmalar berdi.
18/06/2021 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 18- iyun kuni Andijon viloyati Oltinko‘l, Baliqchi, Asaka, Paxtaobod tuman statistika bo‘limlari tomonidan tumanda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning hisobchilari ishtirokida amaliy seminar o‘tkazildi.
17/06/2021 • So'nggi yangiliklar
Joriy yiling 16- iyun kuni O‘zbekiston Respublikаsi Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi Rаisining birinchi o‘rinbosаri Xolmurodov Dilshod Ibragimovich hamda Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari To'xtaboyev Nodirbek G'anijonovichlar ishtirokida viloyatda tanlab olingan hududlardagi savdo majmualarida INI (iste'mol narxlari indeksi) kuzatuvini to'g'ri tashkil qilinishi, narxlarni planshet qurilmasiga aniq va xatoliklarsiz kiritilayotganligiga ishonch xosil qilish maqsadida monitoring kuzatuvi o‘tkazildi.
17/06/2021 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 16- iyun kuni O‘zbekiston Respublikаsi Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi Rаisining birinchi o‘rinbosаri Xolmurodov Dilshod Ibragimovich Andijon viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Andijon viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati, tarmoq bo’limlari hamda hududiy statistika bo’lim boshliqlari faoliyati o’rganildi.
Mazkur jarayon uch bosqichda amalga oshiriladi. Birinchisi, tayyorgarlik bosqichi boʼlib, uch yilga yaqin vaqt davom etadi. Ikkinchisi, asosiy bosqich boʼlib, bunda bevosita aholini roʼyxatga olish amalga oshiriladi, yaʼni aholi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar yigʼiladi, nazorat tekshiruvi oʼtkaziladi va aholini roʼyxatga olish materiallari topshiriladi. Bu taxminan ikki oy muddatni tashkil etadi. Soʼnggi bosqich qariyb uch yil davom etib, olingan maʼlumotlar kodlashtirish yordamida tahlil qilinib, natijalar eʼlon qilinadi.
Seminarni Аndijon viloyati statistika boshqarmasi oʼrinbosari X.Mirzaev ochib berib, Korruptsiya jamiyatda nosogʼlom muhitni va salbiy illatlarni yuzaga keltirishi xaqida qisqacha aytib oʼtdi. Soʼng soʼzga boshqarma bosh yuriskonsulьti D.Rasulov chiqib ishtirokchilarga Korrupsiyasiz tarakkiyot sari mavzusida maʼruzasi tinglandi.
Mamlakat fuqarolari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar har qanday davlat milliy statistikasining muhim qismi sanaladi. Bunday maʼlumotlar maʼlum vaqt oraligʼida aholini roʼyxatga olish tadbirlari orqali toʼplanadi. Ular nafaqat respublika, balki Yer yuzi aholisining soni, ijtimoiy holati, daromadlari kabi bir qancha muhim axborotlarni hisoblab borishga xizmat qiladi.
09/06/2021 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 9- iyun kuni Davlat statistika qo‘mitasida videokonferensaloqa tarzida “Gender tenglikka erishish strategiyasi – mazmun va mohiyat” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Multiindikator klaster kuzatuvlari 5 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lgan ayollar bilan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarini, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar to‘g‘risida onalari yoki vasiylaridan olingan aniq ma'lumotlarni, aholi turmush darajasi, yashash joyi (shahar yoki qishloq) va jinsi bo‘yicha to‘plangan barcha ma'lumotlarni mamlakatlar miqiyosida xalqaro darajada taqqoslash imkonini beradi.
01/06/2021 • So'nggi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar iqtisodiyoti, aholi turmush sharoitlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketdi.
330-sahifa 331 dan