So'nggi yangiliklar

1991-yil boshida Oʻzbekiston Respublikasi doimiy aholisi tarkibida shahar joylarda yashovchi aholining ulushi 40,3 foizni tashkil etgan.

Mamlakatimizda 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida yangi tashkil etilgan qurilish korxonalari soni, 4 397 tani tashkil etdi. Shunda, soʻnggi besh yilning mos davrlarida ushbu korxonalar dinamikasi quyidagicha aks etdi:

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 12,6 ming  tonna osh tuzi ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 8,1-martani tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tarkibida ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlarining ulushi – 49,3% ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) xizmatlarining yalpi ichki mahsulot (YAIM)dagi ulushi 1,8 % ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davrida 1,7 % ni tashkil etgan edi.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida veterinariya xizmatlarining eng yuqori o‘sishi Andijon (61,2 %), Navoiy (42,4 %), Namangan (40,8 %), Buxoro (27,4 %) viloyatlari va Toshkent shahrida (16,9 %) qayd etildi.

Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Rossiyadan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmi:

2022-yilning yanvar-noyabr oylari davomida mamlakatimizda jami  268,3 mingta nikoh holatlari qayd etilgan. Joriy yilning 11 oyi davomida eng koʻp nikoh holati oktabr oyida 36,5 mingtani tashkil etgan boʻlsa, eng kam nikoh aprel oyida 14,0 mingta qayd etilgan.

2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston 12 ta xorijiy davlatdan qiymati 11,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 45,6 ming tonna mandarin import qilgan.

Oylar kesimida bajarilgan qurilish ishlari hajmi:

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-noyabr holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida uy xo‘jaligi a’zolarining soni bo‘yicha:

bir kishilik - 2,7 %, ikki kishilik - 6,7 %, uch kishilik – 11,0 %, to‘rt kishilik – 18,4 %, besh kishilik – 22,6 % hamda olti va undan ko‘p kishilik uy xo‘jaliklari - 38,6 %ni tashkil etmoqda.

1991-yilda respublikamizning shahar joylarida tugʻilish koeffitsenti 26,7 promilleni tashkil etgan boʻlsa, 2021-yilga kelib ushbu koʻrsatkich 23,9 promilleni tashkil etgan hamda 1991-yilga nisbatan 2,8 promillega kamaygan.

2022- yilning yanvar- noyabr oylarida, O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik obyektlarini qurish yo‘nalishi 21,7 foiz ulushni tashkil etib, o‘sish sur’ati 104,7 foizga yetdi,  ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishi 10,5 foiz ulushni va 126,5 foiz o‘sish sur’atini tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-sentabr oylarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining umumiy hajmida ishlab chiqarilgan dehqonchilik mahsulotlarining ulushi – 50,7 % ni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-noyabr oylari davomida respublikamizda jami  850,3 mingta tugʻilish qayd etildi. Joriy yilning 11 oyi davomida eng koʻp tugʻilish avgust oyida 96,2 mingtani tashkil etgan boʻlsa, eng kam tugʻilish fevral oyida 64,4 mingtani tashkil etgan.

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2022- yilning 1- dekabr holatiga respublikamizda faoliyat koʼrsatayotgan tadbirkorlik subʼektlari (fermer va dehqon xoʼjaliklarisiz) soni 588 823 ta boʼlib, shundan xususiy korxonalar soni 92 839 tani tashkil qildi.

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, Oʼzbekiston Respublikasi doimiy aholisi sonining har 5 mln. kishiga oʼsishi:

Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, Oʼzbekiston 2022- yilning yanvar-oktabr oylarida xorijga qiymati 23,4 mln. AQSh dollariga teng boʼlgan 48,3 ming tonna olxoʼri eksport qilgan.