So'nggi yangiliklar
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida xorijdan qiymati 4,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 38 979 dona gaz plitalar import qilingan.
Gaz plitalar importi 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1328 donaga oshgan.
Dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning noyabr oyida respublika boʻyicha 83 197 ta tirik tugʻilish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.
Maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida Turkiyadan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmi:
07/01/2023 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar-oktabr oylarida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 9 143,4 mlrd. so‘mni, 2021- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati esa 114,0 % ni tashkil etdi.
07/01/2023 • So'nggi yangiliklar
2022-yilning yanvar–sentabr oylarida Andijon viloyati bo‘yicha jami 4314,9mlrd. so‘m asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi.Shuningdek, jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar tarkibida to`g`ridan-tog`ri xorijiy investitsiyalar 171,1 mlrd. so`mni tashkil etgan bo`lsa, O`zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar 795,1 mlrd. so`mni hamda boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar 1524,6 mlrd. so`mni tashkil etdi.
O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar–sentabrida kichik tadbirkorlik (biznes)da sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 94852,9 milliard so‘mni yoki о‘tgan yilning shu davriga nisbatan 99,4 % ni tashkil etdi.Shundan eng ko‘pi kichik korxonalar hissasiga to‘gri kelib, 75464,2 milliard so‘mni tashkil qildi. Hududlar kesimida esa Toshkent shahri yetakchi o‘rinni egallab, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 24538,1 milliard so‘mga yetdi.
07/01/2023 • So'nggi yangiliklar
2022- yillarning yanvar–sentabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining yalpi ichki mahsulot (YAIM)dagi ulushi o‘tgan yining mos davriga nisbatan 1,6 % ga kamaydi. 2018-2022- yillarning yanvar–sentabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAIMdagi ulushida 29,4 % dan 24,8 % gacha kamayish kuzatildi.
07/01/2023 • So'nggi yangiliklar
2022- yil yanvar-oktabr oylari yakunlariga ko‘ra, avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va mototsikllarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmi 3 236,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.Eng muhimi, ushbu xizmat turi Toshkent shahrida talab nisbatan yuqori bo‘lib, avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va mototsikllarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar umumiy hajmida ushbu hududning ulushi 16,7 %ni (541,7 mlrd. so‘m) tashkil etdi. Shu bilan birga, Toshkent (481,7 mlrd. so‘m yoki ushbu xizmatlar umumiy hajmining 14,9 %) va Farg‘ona (386,3 mlrd so‘m yoki 11,9 %) viloyatlarida ham ko‘rsatkich ancha yuqori.Eng kam hajm Sirdaryo viloyatida qayd etildi – 53,9 mlrd. soʻm (avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish, taʼmirlash va mototsikllarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar umumiy hajmining 1,7 %).
Maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-oktyabr oylarida Xitoydan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmi:
07/01/2023 • So'nggi yangiliklar
Maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning noyabr oyida respublika boʻyicha 34 735 ta nikoh holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 309 taga oshgan.
07/01/2023 • So'nggi yangiliklar
Ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning 1- dekabr holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 11 555 tani tashkil etdi. Joriy yil boshidan esa bu sohada 1 485 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 24,2 % ni tashkil etdi. Shundan eng ko‘pi kichik korxonalar bolib, 19,3 % ni tashkil qildi. Hududlar kesimida esa Jizzax viloyati yetakchi o‘rinni egallab, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 51,3 % ni tashkil qildi.
07/01/2023 • So'nggi yangiliklar
Ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yil yanvar-noyabr oylarida jami yangi tashkil etilgan korxonalar soni 86 810 tani tashkil etdi. Ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) quyidagicha shakillandi:
07/01/2023 • So'nggi yangiliklar
Transport xizmatlari bo‘yicha eng katta ulush – avtomobil transportida yuk va yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha xizmatlarga to‘g‘ri keladi.
Joriy yilning 7- yanvar kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i N.G‘.To‘xtaboyev Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi intervyuyeri N.Yunusova bilan Andijon shahar Buyuk ipak yo‘li mahallasidagi xonadonlarda uy xo‘jaligi kuzatuvida ishtirok etdi.
07/01/2023 • So'nggi yangiliklar
Maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida xorijdan qiymati 41 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 215,6 ming dona kir yuvish mashinasi import qilingan.
07/01/2023 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar-sentabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Andijon viloyati aholi umumiy daromadlari hajmida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 20,1 %ni tashkil etdi. Ma’lumot uchun: 2021- yilda 20,1 %ni, 2020- yilda 21,2 %ni tashkil etgan.
07/01/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 30 050,8 tonna gofrirovka qilingan qogʻoz va kartondan yasalgan qutilar, yashiklar va qutichalar ishlab chiqarilgan. Mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 2,2 martani tashkil etdi.
323-sahifa 366 dan