So'nggi yangiliklar

 Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 2023- yil 1- yanvar holatiga doimiy aholi soni 3 322,8 ming kishini tashkil etib,

 Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 229,8 tonna alyuminiy simlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 117,3 % ni tashkil etdi. 2022-yilning dekabr oyida yirik korxonalar tomonidan 95,0 tonna alyuminiy simlar ishlab chiqarildi.

2023- yil 1- fevral holatiga ko‘ra, faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 503 804 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etib, 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,8 barobarga oshgan. Ular sonining so’nggi yillardagi o‘sish dinamikasi quyidagicha:

2023-yilning dastlabki oyida dorivorlar, oshpazlik ziravorlari va urugʻlari narxlarida 0,1 % ga oʻsish kuzatildi.

2023- yilning yanvar oyida kichik korxona va mikrofirmalar bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 1 988,6 mlrd. so‘m ishlar bajarilib,  jami yangi qurilish ishlaridagi ulushi  60,3 % ni tashkil etdi.

 Andijon viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti D. Rasulov tomonidan “ASR KREDIT” Bank xodimlari o‘rtasida “Siz qonunni bilasizmi?” mavzusida va Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uni oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti jozibadorligini oshirish va kreativ yondashuvlar asosida zamonaviy talablardan kelib chiqqan holda yangi logotipini yaratish maqsadida tanlov eʼlon qilingan edi.

 2022-yilning yanvar-dekabr oylari yakuniga koʻra transport xizmatlari umumiy hajmida avtomobil transporti xizmatlarining ulushi 51,0 % ni tashkil etdi. Transport xizmatlarida havo transporti orqali koʻrsatilgan yuk va yoʻlovchilarni tashish boʻyicha xizmatlarning ulushi 14,2 %.

 Sizni Oʻzbekiston Respublikasi  Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan  2023-yil 28- fevral kuni soat 15:00da Oʻzbekiston Respublikasi Milliy matbuot markazida “Statistika ishlari dasturi doirasida 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar hisoboti” mavzusida tashkil etiladigan matbuot anjumanida ishtirok etish uchun taklif etamiz!

 Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida respublika boʻyicha jami 8 129,3 mln. dona tuxum olindi, ushbu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 104,4 % ni tashkil etdi.

 Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 667,3 tonna mayonez ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 107,7 % ni tashkil etdi. 2022-yilning dekabr oyida yirik korxonalar tomonidan 124,9 tonna mayonez ishlab chiqarildi.

2023- yil yanvar oylarida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 52,9 mlrd. so‘mga yetib, bozor xizmatlari umumiy hajmidagi ulushi 3,6 % ni tashkil etdi. 2022- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 74,5 % ni tashkil etdi.

2023- yil yanvar oylarida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarning umumiy hajmida oziq-ovqat va ichimliklar bilan ta’minlash bo‘yicha xizmatlarning ulushi 91,9 % bilan ustunlik qildi.

Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 6,4 mlrd so‘m qurilish ishlari bajarildi. Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan esa 252,4 mlrd so‘m qurilish ishlari bajarildi. Ularning vilotyatdagi ulushi mos ravishda 2,5 % va 97,5 % ni tashkil etdi.

2022-yil davomida yirik oshxona anjomlari narxlarida har oy oʻsish surʼati kuzatilgan boʻlsa, 2023-yilning yanvar oyida 0,1 % ga pasayish kuzatildi.

 2022- yilning yanvar-dekabrida  kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari hajmi 347 222,0  mlrd. so‘mni tashkil etdi, shundan eng ko‘pi  dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaligi xissasiga to‘g‘ri kelib  222 069,6  mlrd. so‘mni, kichik korxonalar va mikrofirmalar esa  125 152,4 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni «Aholini va hududlarni tabbiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida» 1999- yildagi qaroriga asosan joriy yilning 24- fevral kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasining ishchi xodimlari o‘rtasida «Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning tasnifi » mavzusi bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Joriy yilning 24- fevral kuni  Andijon statistika boshqarma boshlig‘i N.G‘.To‘xtaboyev va Investitsiya va qurilish statistikasi bo'limi boshlig‘i  X.Xoldarov  navbatdagi 4-TJ (turar joy) foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarning tanlanma kuzatuvi  o‘tkazildi.