02/03/2023

2023-yil yanvar oyida moliyaviy xizmatlar hajmi 1 431,2 mlrd. soʻmga oshib, 7 656,9 mlrd. soʻmga yetdi. Jami bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 25,3 % ni tashkil etdi.

Ushbu xizmatlar tarkibida sugʻurtalash va nafaqa taʼminoti boʻyicha xizmatlardan tashqari moliyaviy xizmatlar ustunlik qiladi. 2023- yil yanvar oyida ularning ulushi 90,7 % ni tashkil etdi. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan jami moliyaviy xizmatlarning oʻsish surʼati 117,3 % ga yetdi.

21122022-3