So'nggi yangiliklar
2022-yil yanvar-iyun holatiga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari hajmining o‘sishi asosan umumiy daromadlar tarkibida 61,3 % ulushga ega bo‘lgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlar va 29,7 % ni tashkil etuvchi transfertlardan olingan daromadlarning sezilarli o‘zgarishi hisobiga yuzaga kelgan.
03/08/2022 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 1-iyulidan eʼtiboran respublikamizning barcha hududlari (shahar va tumanlari)da aholini roʻyxatga olish boʻlimlari tashkil etildi. 2023-yilda mamlakatimizda oʻtkaziladigan roʻyxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish uchun oʻz hududlari miqyosida bevosita masʼul etib belgilangan mazkur boʻlimlarning boshliqlari va oʻrinbosarlari uchun hududiy statistika boshqarmalari tomonidan roʻyxatga olish ishlariga tayyorgarlikni tashkil etishga bagʻishlangan oʻquv seminarlari onlayn va offlayn formatlarda oʻtkazib kelinmoqda.
03/08/2022 • So'nggi yangiliklar
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikamizda 2022- yil yanvar-iyun oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 49 765 tani tashkil etgan bo‘lib, ularning dinamikasi so‘nggi yillar kesimida qaralganda quyidagi ko‘rinishda aks etdi:
2022- yilning yanvar-iyun oylarida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining umumiy hajmi 54,1 trln. soʻmni yoki 2021- yilning mos davriga nisbatan 103,8 % ni tashkil etdi. Yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 42,7 % ni tashkil qildi.
02/08/2022 • So'nggi yangiliklar
Xonobod shahar Aholini ro‘yxatga olish bo‘limi boshlig‘i va Andijon viloyati statistika boshqarmasidan biriktirilgan vakil hamda tuman registratorlari ishtirokida mahallarga chiqqan holda o‘quv amaliyotlari davom etmoqda.
Joriy yilning 2- avgust kuni Jalaquduq tumani Aholini ro‘yxatga olish bo‘limi boshlig‘i va o‘rinbosari hamda tuman registratorlari ishtirokida o‘quv seminari davom etmoqda
Joriy yilning 1- avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasidan biriktirilgan mas’ul vakil Sh.Dusnayev hamda Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari M.Yusupovlar uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilar ishtirokida seminar-trening mashg‘ulotlarini sifatli belgilangan talablarga mos ravishda o‘tkazilish holatini o‘rganish maqsadida Shahrixon tumanida bo‘lishdi.
Joriy yilning 1- avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasidan biriktirilgan mas’ul vakil Sh.Dusnayev hamda Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari M.Yusupovlar uy-joy ro‘yxatini tuzuvchilar ishtirokida seminar-trening mashg‘ulotlarini sifatli belgilangan talablarga mos ravishda o‘tkazilish holatini o‘rganish maqsadida Andijon shahridagi Kasaba uyushmalari federatsiyasida bo‘lishdi.
Oʻzbekiston 4,4 mln. AQSH dollariga teng bodring eksport qilgan
28/07/2022 • So'nggi yangiliklar
2022-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 160,6 trln. soʻmni tashkil etdi. Bu esa oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 14,5 % ga koʻp demakdir.
28/07/2022 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar-iyun oylari davomida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan jami 4 398,5 ming yoʻlovchi tashilgan boʻlib, 2021- yilning shu davriga nisbatan yoʻlovchi tashish hajmi 12,0 % ga oshganligi qayd etildi.
Oʻzbekiston 2022- yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 395,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 16,3 ming dona avtomashinalar import qilgan.
26/07/2022 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha koʻrsatilgan savdo xizmatlari hajmi 40,2 trln. soʻmdan iborat boʻlib, umumiy bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 1/4 ni tashkil etdi. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan savdo xizmatlari hajmi 8,1 % ga oshgan.
26/07/2022 • So'nggi yangiliklar
YAIM o‘sishiga qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarmog‘i 0,6 f.p. (2021- yilning yanvar-iyunida – 0,4 f.p.), sanoat tarmog‘i – 1,3 f.p. (2021- yilning yanvar-iyunida – 2,2 f.p.), qurilish tarmog‘i – 0,4 f.p. (2021- yilning yanvar-iyunida – 0,1 f.p.) va хizmat ko‘rsatish tarmog’i 2,8 f.p. (2021- yilning yanvar-iyunida – 3,9 f.p.) ijobiy hissa qo‘shdi. Mahsulotlarga sof soliqlarning o‘sishi hisobiga YAIM 0,3 f.p. (2021- yilning yanvar-iyunida – 0,6 f.p.)ga ko‘paydi.
26/07/2022 • So'nggi yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni «Aholini va hududlarni tabbiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida» 1999- yildagi qaroriga asosan joriy yilning 26- iyul kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasining ishchi xodimlari o‘rtasida «Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalardan aholini muhofaza qilishni tashkillashtirish.» mavzusi bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
25/07/2022 • So'nggi yangiliklar
Har qanday davlatning tarixi – bu, birinchi navbatda, unda yashaydigan xalqning tarixi, aholisining soni va tarkibi, uning iqtisodiy va ijtimoiy tavsiflarida o‘z ifodasini topadi. Aholi soni bo‘yicha aniq va yaxlit ma’lumotlar aholini ro‘yxatga olish asosida olinadi.
22/07/2022 • So'nggi yangiliklar
2022- yil 22- iyul kuni boshqarmada navbatdagi “Korruptsiyaga qarshi kurashish – barchamizning burchimiz” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi.
Kichik korxona va mikrofirmalarning 2022- yilning I choragida o‘tkazilgan tanlanma kuzatuv natijalariga ko‘ra, yaqin 3 oyda raqobat muhiti o‘zgarishsiz deb baholagan korxonalarning eng ko‘p ulushi hududlar bo‘yicha Navoiy viloyatida – 65,2% ni, Toshkent shahrida – 64,6% ni, Toshkent viloyatida – 62,9% ni, Andijon viloyatida – 60,6%ni, Namangan viloyatida – 57,5% ni tashkil etdi.
316-sahifa 331 dan