So'nggi yangiliklar

 2022- yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha koʻrsatilgan savdo xizmatlari hajmi 40,2 trln. soʻmdan iborat boʻlib, umumiy bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 1/4 ni tashkil etdi. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan savdo xizmatlari hajmi 8,1 % ga oshgan.

YAIM o‘sishiga qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarmog‘i 0,6 f.p. (2021- yilning yanvar-iyunida – 0,4 f.p.), sanoat tarmog‘i – 1,3 f.p. (2021- yilning yanvar-iyunida – 2,2 f.p.), qurilish tarmog‘i – 0,4 f.p. (2021- yilning yanvar-iyunida – 0,1 f.p.) va хizmat ko‘rsatish tarmog’i 2,8 f.p. (2021- yilning yanvar-iyunida – 3,9 f.p.) ijobiy hissa qo‘shdi. Mahsulotlarga sof soliqlarning o‘sishi hisobiga YAIM 0,3 f.p. (2021- yilning yanvar-iyunida – 0,6 f.p.)ga ko‘paydi.

 O‘zbekiston Respublikasining Qonuni «Aholini va hududlarni tabbiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida» 1999- yildagi qaroriga asosan joriy yilning 26- iyul kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasining ishchi xodimlari o‘rtasida «Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalardan aholini muhofaza qilishni tashkillashtirish.» mavzusi bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Har qanday davlatning tarixi – bu, birinchi navbatda, unda yashaydigan xalqning tarixi, aholisining soni va tarkibi, uning iqtisodiy va ijtimoiy tavsiflarida o‘z ifodasini topadi. Aholi soni bo‘yicha aniq va yaxlit ma’lumotlar aholini ro‘yxatga olish asosida olinadi. 

2022- yil 22- iyul kuni boshqarmada navbatdagi “Korruptsiyaga qarshi kurashish – barchamizning burchimiz” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi.

Kichik korxona va mikrofirmalarning  2022- yilning I choragida o‘tkazilgan tanlanma kuzatuv natijalariga ko‘ra, yaqin 3 oyda  raqobat  muhiti  o‘zgarishsiz deb baholagan korxonalarning eng ko‘p ulushi hududlar bo‘yicha Navoiy viloyatida – 65,2% ni, Toshkent shahrida – 64,6% ni,  Toshkent viloyatida – 62,9% ni, Andijon  viloyatida – 60,6%ni, Namangan  viloyatida – 57,5%  ni tashkil etdi.

Joriy yilning 21-iyul kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida Ochiqlikni ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholash komissiyasining birinchi majlisi oʻtkazildi.

 

Prezident tomonidan 16.06.2022 yildagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-779-son Qonuni imzolandi.

2022-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston 10 ta xorijiy davlatdan qiymati 34,1 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1 125 ta elektromobil import qilgan.

2022- yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari 3 268 470 donani tashkil etib, oʻtgan 5 yil davomida ularning soni 995 051 donaga oshgan (+43,8 %).

 2022-  yilning I choragida tanlanma kuzatuvda ishtirok etgan kichik korxona va mikrofirmalarninig yaqin 3 oydagi o‘zgarishlar istiqboli bo‘yicha iqtisodiy vaziyatni qulay deb baholagan  korxonalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p ulushi qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 45,9 % ni, savdoda 45,6 % ni, qurilishda 45,1 % ni, sanoatda 43,4 % ni tashkil etdi.

2021/2022 o‘quv yili boshiga umumta’lim muassasalari soni 10289 tani tashkil etgan. Umumta’lim muassasalari soni 1991/1992 o‘quv yili boshiga nisbatan 1732 taga oshgan.

 2022- yilning I choragida tanlanma kuzatuvda ishtirok etgan kichik korxona va mikrofirmalarninig yaqin 3 oydagi o‘zgarishlar istiqboli bo‘yicha iqtisodiy vaziyatni qoniqarli deb baholagan korxonalarning eng ko‘p ulushi sanoatda 51,2 % ni, xizmatlar sohasida 50,7 % ni, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 50,2 % ni, savdoda 49,8 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-mart yakunlariga ko‘ra, tovarlar va xizmatlar importi hajmi 86,6 trln.so‘mni hamda uning YaIM tarkibidagi ulushi 53,2 %ni tashkil etgan.

 Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra 2021 yil yakunlari bo‘yicha xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha yalpi milliy daromad hajmi Rossiya Federatsiyasida -  4,7 trln. AQSh dollari, Ukrainada  -  573,5 mlrd. AQSh dollari, Qozog‘istonda -   474,5 mlrd. AQSh dollari, O’zbekistonda esa -  297,6 mlrd. AQSh dollari, Belarus Respublikasida – 194,9 mlrd. AQSh dollari, Ozarbayjonda -  156,8 mlrd. AQSh dollari, Tojikistonda  -  50,5 mlrd. AQSh dollari, Armanistonda 42,2 mlrd. AQSh dollari, Moldovada -  41,4 mlrd. AQSh dollari, Qirg‘izistonda – 32,4 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan.

 2022- yil 15- iyul kuni boshqarmada navbatdagi “Halol mehnat — yaxshi odat, berur senga saodat” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirni boshqarma boshlig‘i N.G‘. To’xtaboyev ochib, bugungi davrda halol mehnat qilish insoniylik burchimiz ekanligini alohida ta’kidladi. 

2022-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, Samarqand viloyatining Samarqand shahrida harakatlanuvchi tramvay qatnov yoʻllarining umumiy uzunligi 12,9 kilometrni tashkil etib (ikki yoqlama hisobdagi foydalanish uzunligi), ushbu yoʻnalishda jami 20 dona tramvay yoʻlovchi vagonlari faoliyat koʻrsatmoqda.

2022- yil yanvar-iyun  oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) jami 51 708 tani tashkil etdi.