So'nggi yangiliklar

        2022/2023-o‘quv yili boshiga oliy ta’lim tashkilotining 1-oliy ta’lim shakli (yillik)  shakli davlat statistika hisobotini 2022- yilning  6-dekabr sanasidan kechiktirmay, elektron raqamli imzo (ERI) dan foydalanilgan holda avtomatlashtirilgan axborot tizimi e-Stat dasturi  (http:hisobot.stat.uz/login) orqali taqdim etishingiz so‘raladi.

Respublikamizda 2022- yil 1- noyabr holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan savdo korxonalarining soni 178 793 ta bo‘lib, 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,6 barobarga oshgan. So’nggi besh yilda savdo korxonalari qanchaga ko‘payib borganligi quyidagida ko‘rishimiz mumkin:

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 12,8 ming tonna makaron mahsulotlari va shu kabi xamirdan tayyorlangan mahsulotlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 126,6 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida 123 587 o‘quvchi o‘rinli umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablar yangi qurilish va rekonstruksiya hisobidan ishga tushirilgan bo‘lsa, 124 maktab kapital ta’mirlandi; 23 181 o‘ringa mo‘ljallangan maktabgacha ta’lim muassasalari foydalanishga topshirildi.

Joriy yilning oktabr oyida poyafzallarni ta'mirlash bo'yicha xizmatlar 3,8 foizga oshdi. O'tgan yilning oxiriga nisbatan narxlarning o'sishi 11,8% ga yetdi va 2021- yil oktabriga nisbatan narxlar darajasi 15,8% ga oshdi.

2022- yil 1-noyabr holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni (15 153 ta), 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 barobarga oshgan bo‘lib, ularning so‘ngi yillar kesimidagi o‘sish dinamikasi quyidagicha ko‘rinishni hosil qildi:

 Haftaning har juma kuni Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va shuningdek, barcha shahar va tumanlar hokimliklari xodimlari uchun siyosiy maʼrifat soati tashkil etilmoqda.

Respublikamizda 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida axborot va aloqa sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar 2 167 ta bo‘libular 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,0 barobarga oshgan. Shunda so‘nggi besh yillikda ushbu sohada yangi tashkil etilgan korxonalarning soni quyidagi ko‘rinishda aks etdi:

 O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2022- yil 15- noyabr kungi 82-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida 2022- yil 23- noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib o‘tuvchi jismoniy shaxslar tomonidan, bojxona statistikasi (dekloratsiyasi) da hisobga olinmagan, olib kiriladigan tovarlar bo‘yicha Andijon viloyatining "Do‘stlik" bojxona postida viloyat statistika boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan kuzatuv o‘tkazish boshlandi. Kuzatuvda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari  M.Yusupov ishtirok etdi.

 O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi 24,2 % ini tashkil etdi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi o‘tgan tegishli davrda:

 Davlat statistika qo‘mitasi Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshlig‘i U.Madaminov Andijon viloyatida Turmush darajasi statistikasi  va  uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassislarining ish faoliyatini nazorat qilish  maqsadida  tashrif buyurdi. O‘sha kuni viloyatning 7 ta tumaniga borib, monitoring o‘tkazildi.

 Joriy yilning 23- noyabr kuni  Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylarning tanlama kuzatuvi o‘tkazildi. Mazkur jarayonda Jalaquduq tumani statistika bo‘limining tegishli xodimlari ishtirok etishdi.

Joriy yilning noyabr oyida Andijon viloyatining barcha shahar va tumanlarida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylarning tanlama kuzatuvi o‘tkazildi. Mazkur jarayonda tegishli tizim xodimlari ishtirok etishdi.

 O‘zbekiston Respublikasining Qonuni «Aholini va hududlarni tabbiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida» 1999- yildagi qaroriga asosan joriy yilning 21- noyabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasining ishchi xodimlari o‘rtasida «Muhandislik himoya inshootlarining qurilishini o‘rganish. Asosiy va yordamchi binolar, ulardagi yashash ta’minoti tizimi» mavzusi bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

 Joriy yilning  18- noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshlig‘I U.Madaminov Andijon viloyatiga Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari

 Respublikamizda 2022- yil 1- noyabr holatiga tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni o‘zaro taqqoslanganda, ikkinchi o‘rinni xususiy korxonalar egallagan bo‘lib, ularning so‘nggi yillarda o‘sishi quyidagicha aks etdi:

2022-yilning yanvar-sentabr oylarida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining nisbatan past hajmi Jizzax viloyati (128,0 mlrd. so‘m), Andijon viloyati (165,2 mlrd. so‘m), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (298,7 mlrd. so‘m), Xorazim viloyati (336,7 mlrd. so‘m) ni qayd etdi.

 Sirdaryo viloyatida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 1558,4 milliard so‘mni yoki 2021- yilning yanvar-sentabriga nisbatan o‘sish sur’ati 85,6 % ni tashkil qildi.  Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi tegishli davrda: