So'nggi yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 2,8 ming tonna makaron mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022- yilning tegishli davriga nisbatan 54,4 % ga oshgan.

2023-yil yanvar-fevral oylari yakunlari koʻra oziq-ovqat va ichimliklar bilan taʼminlash boʻyicha xizmatlari hajmi 1,6 trln. soʻmni yoki jami yashash va ovqatlanish xizmatlari (1,9 trln. soʻm) hajmining 85,0 foizini tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 281,0 tonna pishloq va tvorog ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 29,5 % ga oshgan.

2023- yilning 1- mart holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 10 785 ta bo‘lib, jami faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlardaning 2,0 foiz ulushini tashkil etdi.

2023-yil 1-yanvar holatiga umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarning elektrlashtirilgan qismi 1 933,9 kmni tashkil etib, 2017-yil 1-yanvar holatiga (1 353,5 km) nisbatan 580,4 kmga yoki 42,9 %ga oshgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 110,7 ming tonna dizel yoqilgʻisi ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 29,0 % ga oshgan.

2023-yilning yanvar-fevral oylari yakuniga koʻra pochta va kuryerlik xizmatlari hajmi 111,9 mlrd. soʻmga yetib, ushbu xizmatlarning umumiy hajmida Toshkent shahrining ulushi 56,7 % yoki 63,4 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-dekabr oylarida yo‘lovchi tashish xizmatlarining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 93,2 % ni tashkil etdi. 2021- yilga nisbatan o‘sish sur’ati 102,2 % ni tashkil qildi.  Hududlar kesimida eng ko‘p ulush Surxondaryo viloyatida – 98,3 % ni tashkil qildi.

2023-yil 1-mart holatiga qurilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni, 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,2 barobarga oshganligi ma’lum bo‘ldi.

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikada sigirlarning umumiy bosh soni 4 965,7 ming boshga yetdi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 102,1 % ni tashkil qildi.

2022- yil yanvar-dekabr oylarida avtomobil transportida yuk tashishning umumiy hajmida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi 46,6 % ni tashkil etdi. 2021- yilga nisbatan o‘sish sur’ati 106,9 % ni tashkil qildi.  Hududlar kesimida esa eng ko‘p ulush Jizzax viloyatida – 96,4 % qayd etilgan.

2023-yilning 1-mart holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni  29 200 ta bo‘lib, jami korxona va tashkilotlar ulushining 5,9 foizini  tashkil etdi va so‘nggi yillarda ushbu  korxonalarning dinamikasi quyidagicha:

Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-fevral oylarida xorijdan qiymati 26,8 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 786 dona elektromobillar import qilgan.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyatida tashish va saqlash, axborot  va  aloqa bo‘yicha xizmatlar sohasida 2 608,4 mlrd.so‘m miqdorida qo‘shilgan qiymat yaratilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 11,6 % ga yuqoridir.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 127,3 ming tonna neft ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 7,6 % ga oshgan.

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida respublika boʻyicha jami 6 191,0 ming tonna bugʻdoy yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 103,4 % ni tashkil etdi.

2023-yil yanvar oyida transport xizmatlari umumiy hajmida avtomobil transporti xizmatlarining ulushi 44,8 % ni tashkil etdi. Transport xizmatlarida havo transporti orqali koʻrsatilgan yuk va yoʻlovchilarni tashish boʻyicha xizmatlarning ulushi 15,0 %. Quvur yoʻli orqali koʻrsatilgan transport xizmatlarining hajmi 20,6 % ni tashkil etdi. Oʻz navbatida, transport xizmatlari umumiy hajmida temir yoʻl transporti orqali koʻrsatilgan xizmatlar 10,7 % ga yetdi. Yordamchi transport faoliyati esa – 8,9 % koʻrsatkich qayd etildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 263,9 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 33,5 % ga oshgan.