So'nggi yangiliklar
2021/2022- oʻquv yili boshiga respublikamizda jami oliy taʼlim tashkilotlari soni 154 tani tashkil etib, ulardan 808,4 ming nafar talaba tahsil olgan. 2020/2021- oʻquv yilida tahsil olgan talabalarga nisbatan 237 ming nafarga yoki 41,5 % ortgani kuzatildi.
29/08/2022 • So'nggi yangiliklar
2022-yilning yanvar-iyun oylarida Respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 971,9 ming tonna – meva va rezavorlar yetishtirildi.
26/08/2022 • So'nggi yangiliklar
2022- yil 26- avgust kuni boshqarmada navbatdagi “Qatag‘on qurbonlari — Vatan fidoyilari” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirni boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari M.Yusupov ochib, mustaqillik kuni arafasida 31-avgust Qatag‘on qurbonlari xotirasi kuni sifatida nishonlanib kelinishini, shu munosabat bilan Toshkent shahri Yunusobod tumanida tashkil etilgan “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi hududida ozodlik va mustaqillik uchun kurashgan va o‘z jonini ayamagan fidoyilar xotirasini yod etish maqsadida muzey ochilganligini ta’kidlab o‘tdi.
26/08/2022 • So'nggi yangiliklar
Seminarda Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i N.G‘.To‘xtaboyev, bosh yuriskonsult D.Rasulov va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Andijon viloyat filiali vakillari X.Mirzayev hamda boshqarma rahbariyati, boshqarma bo'limi xodimlari qatnashdi.
25/08/2022 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 25- avgust kuni Andilon viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti D.Rasulov yosh tadbirkorlar ishtirokida O’zbekiston Respublikasining “Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy huquqiy bazasi tog’risida”gi O’RQ 670-I-sonli Qonunining mazmun-mohiyati hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish”ga bag’ishlangan seminar tashkil etildi.
2022- yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston 8 ta xorijiy davlatlarga qiymati 9,7 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 438 ta yuk avtomobillarini eksport qilgan.
23/08/2022 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning iyul oyida uzum oy davomida 22,8 % ga, o‘tgan yilning oxiriga nisbatan esa 8,8 % ga arzonlashdi.
2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyatida YAHM hajmi joriy narxlarda 22 843,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-iyuni bilan taqqoslaganda 8,4 % ga o‘sdi.
23/08/2022 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar-iyun oylarida savdo tarmog‘ida 24 119,4 mlrd. so‘m miqdorida qo‘shilgan qiymat yaratildi. Ushbu tarmoq yalpi qo‘shilgan qiymatini yaratishda Toshkent shahri (33,6 %) eng katta hissa qo‘shdi. Toshkent va Farg‘ona viloyatlari 9,7 % va 7,3 % ko‘rsatkichlari bilan keyingi o‘rinlarni egallab turibdi.
22/08/2022 • So'nggi yangiliklar
Andijon viloyati Statistika boshqarmasi va Xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda 2022-2023 – o‘quv yillari boshiga xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli umumta’lim muassasalari tomonidan 1- umumta’lim shakli (yillik) davlat statistika hisobotini sifatli va o‘z muddatidan kechiktirmay topshirish maqsadida o‘quv seminari o‘tkazildi.
22/08/2022 • So'nggi yangiliklar
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning 1- avgust holatiga ko‘ra respublikamizda jami 346 012 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) faoliyat yuritmoqda.
19/08/2022 • So'nggi yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni «Aholini va hududlarni tabbiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida» 1999- yildagi qaroriga asosan joriy yilning 19- avgust kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasining ishchi xodimlari o‘rtasida «Zaharlanganda, jarohat olganda, kuyganda qon ketishi, suyaklar sinishida o‘z–o‘ziga va boshqalarga yordam ko‘rsatish» mavzusi bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
19/08/2022 • So'nggi yangiliklar
2022- yil yanvar-iyul oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 55 695 tani tashkil etgan bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlandi:
19/08/2022 • So'nggi yangiliklar
2022- yil 19- avgust kuni boshqarmada navbatdagi “Mustaqillik – eng ulug‘ ne'mat” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirni boshqarma boshlig‘i N.G‘. To’xtaboyev ochib, mamlakatimiz mutaqilligining 31-yilligini nishonlash arafasida, o‘tgan davr mobaynida bosib o‘tilgan murakkab yo‘limizga yana bir bor nazar tashlash, mustaqilmiz davomida amalga oshirilgan ishlar, erishgan natijalarni xolisona baholash va ularning mohiyati va ahamiyatini keng jamoachilik bilan birga boshqarma xodimlari ongi shuuriga yetkazish maqsadga muvofiqligini ta’kidlab o‘tdi.
Joriy yilning 18- avgust kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig’i N.G‘.To‘xtaboyev hamda Qo‘rg‘ontepa tumani statistika bo‘limi mas'ul xodimi birgalikda Narx bo’yicha INI oziq-ovqat kuzatuvlarini borishi bo’yicha Qo‘rg‘ontepa tumani "Yangi Hayot" MCHJ da oziq-ovqat kuzatuvlari nazoratga olindi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazish va natijalarini e’lon qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020- yil 11- noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq, joriy yilning avgust oyida uy-joylar ro‘yxatini tuzish ishlarini amalga oshirish vazifasi belgilangan.
17/08/2022 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning 1- avgust holatiga ko‘ra, respublikamizda axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar jami soni 11 252 ta bo‘lib, ularning o‘sish sur‘ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 107,5 foizni tashkil etdi. Shuningdek joriy yilning yetti oyida ushbu sohada 1 522 ta korxonalar yangi tashkil etilib, ularning 1 514 tasi kichik biznes subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.Quyidagi hududlarda ushbu sohada eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxonalar aks etgan:Toshkent shahrida – 652 taSamarqand viloyatida – 141 taFarg‘ona viloyatida – 109 taToshkent viloyatida – 86 ta.
17/08/2022 • So'nggi yangiliklar
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning 1- avgust holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 14 546 tani, shundan qo‘shma korxonalar 6 267 ta va xorijiy korxonalar 8 279 tani tashkil etgan bo‘lib, ularning sohalar bo‘yicha soni quyidagi ko‘rinishda aks etdi:
314-sahifa 331 dan