17/03/2023

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan tadbirkorlik subyektlariga qulaylik va qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida, 2022-yil yakunlari uchun tadbirkorlik subyektlari tomonidan 2023-yilning 27-fevral kuniga qadar taqdim etiladigan 1-kb shakli (uning ilovalarini qoʻshgan holda) va 1-fx shakli yillik statistika hisobotlari 3-mart sanasiga qadar uzaytirildi.

Joriy yilning 4-mart kunidan boshlab, hisobot taqdim etmagan subyektlarga statistika organlari tomonidan yillik statistika hisobotlarini bir oylik muddatlarda taqdim etilishi yuzasidan koʻrsatma xatlari chiqarildi.

Shu munosabat bilan, hisobot taqdim etmagan tadbirkorlik subyektlarini koʻrsatma xatda berilgan muddatlarda belgilangan tartibda estat 4.0 axborotlashgan tizim orqali yuqorida koʻrsatilgan hisobotlarni taqdim etishingiz soʻraladi, aks holda Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 215-moddasiga asosan, korxonangizga nisbatan qonuniy chora koʻrilishi yuzasidan ogohlantirib oʻtamiz.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech