17/03/2023

Respublikamizda 2023-yilning yanvar-fevral oyida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 14 346 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etgan bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

savdo sohasida – 5 512 ta

sanoat sohasida – 2 261 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 1 797 ta

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 896 ta

qurilish sohasida – 848 ta

tashish va saqlash sohasida – 703 ta

axborot va aloqa sohasida – 504 ta

sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 235 ta

boshqa sohalarda – 1 590 tani tashkil etgan.

business-performance