2023- yil 14- mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida sanoat statistikasi bo‘yicha tashkil etiladigan kuzatuvlarni tizimli o‘tkazish va berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida videokonferensiya o‘tkazildi.
Unda Agentlik direktori o‘rinbosari A. Ikramov, agentlikning Sanoat statistikasi boshqarmasi xodimlari, hududiy statistika boshqarmasi boshliqlari va o‘rinbosarlari hamda tuman (shahar) statistika bo‘limi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlar tinglandi, tasdiqlangan reja jadvalga asosan 2023- yil mart oyida o‘tkaziladigan “Ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar” kuzatuviga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi.
Shuningdek, mazkur kuzatuvlarni sifatli va xalqaro standartlarga mos ravishda o‘tkazish tartibi bo‘yicha tegishli takliflar berildi.