2023-yilning yanvar oyida Andijon viloyati bo‘yicha 252,4 mlrd. so‘m nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi. Ularning tarkibida bino va inshootlar qurilishi bo‘yicha ishlar 204,0 mlrd. so‘mni, fuqarolik obyektlari qurish bo‘yicha 18,0 mlrd. so‘m va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari 30,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, ularning jamiga nisbatan ulushi mos ravishda 80,8 %, 7,1 % va 12,1 % ni tashkil etdi.