2023- yil 2- mart kuni boshqarmada navbatdagi “2 mart – O‘zbekiston BMTga a’zo bo‘lgan kun” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda boshqarma boshlig‘i N.G‘. To‘xtaboyev va boshliq o‘ribosari M.Yusupovlar ishtirok etishdi.
Tadbirda boshqarma boshqarma boshlig‘i N.G‘. To‘xtaboyev O‘zbekiston Respublikasi mustaqil va suveren davlat sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lganiga 31 yil to‘lganligini, bugungi kunda yer yuzida 270 dan ortiq mamlakat mavjud bo‘lib, ulardan 193 tasi BMTga a’zo bo‘lganlini aytib o‘tdi. So‘ng Ma’naviy va ma’rifiy ishlar mas’ul xodimi J.Tuxtabayeva ushbu mavzu yuzasidan so‘z olib, BMT faoliyatining eng muhim yo‘nalishi dunyoda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, tinchlikka tahdidlarning oldini olish ekanligini, Respublikamiz prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022- yil 23- sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida yuqori darajadagi umumsiyosiy munozaralarda ishtirok etib BMT oliy minbaridagi bu galgi chiqishida mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk marta davlat tili – o‘zbek tilida nutq so‘zlaganligini aytib o‘tdi.