30/01/2023

 2023- yil 30- yanvar kuni boshqarmada navbatdagi Buyuk jasorat sohibi – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovga ehtirom”  mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirni boshqarma boshlig‘i N.G‘. To‘xtaboyev ochib, Islom Abdug‘aniyevich Karimov mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, yurtimizni sobiq mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, uni zamonaviy asosda taraqqiy ettirish strategiyasini, dunyoda “O‘zbek modeli” degan nom bilan tan olingan rivojlanish yo‘lini ishlab chiqqan, jahon miqyosida katta obro‘-e’tibor qozongan, buyuk davlat va siyosat arbobi sifatida Vatanimiz tarixida o‘chmas va yorqin iz qoldirgan buyuk arbob ekanligini aytib o‘tdi. So‘ng Ma’naviy va ma’rifiy ishlar mas’ul xodimi J.Tuxtabayeva Buyuk jasorat sohibi – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovga ehtirommavzusi bo‘yicha so‘z olib, I.Karimov mamlakatda amalga oshirilgan ulkan ishlar, tarixiy o‘zgarishlarning tashabbuskori va rahnamosi ekanligini, O‘zbekiston mustaqilligining  asoschisi, mamlakat mustaqil taraqqiyot dasturini ishlab chiqqan va milliy taraqqiyot yo‘lini belgilab bergan atoqli davlat arbobi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy muallifi ekanligini aytib o‘tdi.

Tadbir so‘ngida yig‘ilish ishtirokchilari o‘rtasida O‘zbekiston mustaqilligi asoschisi va birinchi Prezidenti Islom Karimovni xotirlanib qizg‘in suhbat bo‘lib o‘tdi.

Xalqimizning mard o‘g‘loni, birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimovning porloq xotirasi qalblarimizda abadiy saqlanib qoladi.