“Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni imzolandi. Mazkur Qonun, aholini ro‘yxatga olish sohasidagi munosabatlarni har tomonlama tartibga soluvchi ilk bor qabul qilingan huquqiy hujjat sifatida O‘zbekiston tarixidan o‘rin oldi. Chunki shu vaqtgacha bu sohada qonunchiligimizda hech qanday hujjat yo‘q edi.
Qonun, O‘zbekistonRespublikasi Prezidentining 2019- yil 5- fevraldagi “O‘zbekistonRespublikasida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5655-sonFarmoniga muvofiq ishlab chiqildi.
Qonunni ishlab chiqishda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Yevropa statistiklari konferensiyasining aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tamoyillari va tavsiyalaridan asos sifatida foydalanildi. Shuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Osiyo va Yevropa mamlakatlari, jumladan, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Ukraina, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Janubiy Koreya, Hindiston, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, AQSH, Kanada va boshqa davlatlarning ushbu sohadagi tajribalari o‘rganilib, qonun loyihasini ishlab chiqishda foydalanildi.

Aholini ro‘yxatga olishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash, xotin-qizlar va bolalar uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish maqsadida, aholi tarkibidagi, demografik vaziyatdagi o‘zgarishlarni baholashga doir maʼlumotlar bazasini kengaytirish;
- shaharlarni va boshqa aholi punktlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mehnat resurslarini joylashtirish hamda ulardan foydalanishning uzoq, o‘rta va qisqa muddatli prognozlari va dasturlarini tayyorlash;
- aholini ro‘yxatga olish davri oralig‘idagi aholi soni
va tarkibining joriy hisobini, hisob-kitoblarini hamda prognozlarini amalga oshirish;
- ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish.