06/02/2023

Joriy yilning 3- fevral  kuni Andijon viloyati  statistika boshqarmasida 2022- yil  yakunlari bo'yicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida ustuvor vazifalarga bag’ishlangan boshqarmaning kengaytirilgan Kengash yig`ilishi o‘tkazildi. Unda Andijon viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati, boshqarmaning tarmoq bo’limlari hamda hududiy statistika bo’lim xodimlari qatnashdi.

 

 

Mazkur yig'ilishni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i N.G‘.To’xtaboyev ochib berib, hududiy statistika bo’lim xodimlari zimmasiga qo'yilgan vazifalar va tizimda 2022-yil davomida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi borasida to'xtalib o'tdi.

Shuningdek, yig‘ilishida tizimda korrupsiyaga qarshi kurash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ham axborot berildi.

Yig‘ilish yakunida ijro intizomi va tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, vazifalarni o‘z vaqtida bajarmagan xodimlarga tegishli choralar ko‘rish, ish faoliyatini namunali yo‘lga qo‘ygan ishchi-xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.