2022-yilning yanvar-dekabr oylarida respublika boʻyicha koʻrsatilgan savdo xizmatlari hajmi 88,8 trln. soʻmdan iborat boʻlib, jami koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 24,8 %ni tashkil etdi. 2021-yilning mos davriga nisbatan savdo xizmatlari hajmi 9,0 % ga oshgan.
Hududlar kesimida yuqori oʻsish surʼatlari Namangan (117,4 %), Toshkent (112,2 %), Qashqadaryo (111,8 %) va Navoiy (111,6 %) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keldi.