06/02/2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti bugungi zamonaviy talablardan kelib chiqqan holda, institut jozibadorligini oshirish va kreativ yondashuvlar asosida yangi logotipini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?

Tanlovda yuridik yoki jismoniy shaxslar ishtirok etishi mumkin.

 Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan ma’lumotlar va hujjatlar:

  • belgilangan namunadagi ariza
  • tanlovga taqdim etiladigan loyiha (loyihalar)ning qisqacha tavsifi;
  • logotipning elektron shakli (logotip-TIFF, PSD yoki PNG 1500 px formatida).

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar tanlovning rasmiy elektron pochtasiga This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. yuborilishi kerak.

 Loyihalar uchun talablar:

  • g‘oyaning o‘ziga xosligi va yangiligi;
  • Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti faoliyatiga mosligi;
  • logotip salohiyati (tarixiy, madaniy, tabiiy, xalqaro standartlarga va boshqalar bilan birlashtirilishi);
  • ijro estetikasi.

 Tanlovga taqdim etilgan loyihalardan eng yaxshi logotip tanlov Ishchi guruhi tomonidan aniqlanadi. 

Tanlovning eng yaxshi loyihasi muallifi qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlanadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun kelib tushgan arizalarni to‘plash Ishchi guruh tomonidan joriy yilning 7-fevralgacha amalga oshiriladi.

Natijalar 2023-yil fevral oyining birinchi o’n kunligida e'lon qilinadi.

Tanlov natijalari bo‘yicha to‘liq ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

Tel.: (71) 202-81-86, faks: (71) 202-81-86

E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Toshkent sh, M.Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 42-B-uy