So'nggi yangiliklar

2022- yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanuvchi shaxslar ulushi 62,3 % ni tashkil etdi, shundan erkaklar - 67,3 %, ayollar - 57,3 %.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonga turistik maqsadlarda tashrif buyurgan chet el fuqarolari soni jami 1487,7 ming nafarni tashkil etgan.

2023- yilning 1- aprel holatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 75 578 ta bo‘lib, ular jami faoliyat yuritayotgan korxonalarning 15,6 foiz ulushini tashkil etdi. Shundan 74 713 tasi kichik biznes subyektlaridir.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 42,5 ming dona domkratlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,8 martaga oshgan.

Respublikamizda 2023-yilning 1-aprel holatiga jami 47 378 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 81,2 ming dona elektr isitgichlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 40,4 % ga oshgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 181,0 tonna shokolad ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,3-martaga oshgan.

2023- yilning 12- aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Presidenti huzuridagi Statistika agentligida “O‘zbekistonda statistika tizimini mustahkamlash” loyihasi doirasida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda Agentlik Direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligida Agentlik markaziy apparati boshqarma boshliqlari, hamda Jahon banki ishchi guruhi a’zolari – Uilyam Seitz, Sevilya Muratova va boshqa ekspertlar qatnashdi.

2023- yilning 1- aprel holatiga Andijon viloyatining doimiy aholisi soni 3 338,2 ming kishini tashkil etgan.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Andijon viloyati bo‘yicha 7132,2 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar ishlab chiqarish sanoatida o‘zlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 48,3 % ni tashkil etdi. Ulardan 5942,1 mlrd. so‘mi xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobidan o‘zlashtirilib, jamiga nisbatan ulushi 85,4 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-fevral oylarida Andijon viloyati bo‘yicha 619,5 mlrd. so‘m nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning 1-aprel holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 483 554 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib,  shundan xususiy korxonalar soni 69 897 tani tashkil qildi (ulushi 14,5 foiz).

2022– yilning yanvar–dekabr oylarida Andijon viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan tirik vaznda 185,6 ming t. goʻsht (2021– yilning yanvar–dekabriga nisbatan 104,9 %), 1 038,0 ming tonna sut (104,1 %), 748,9 mln. dona tuxum – (101,6 %) yetishtirildi va 21 939 t. baliq (108,7 %) ovlandi.

2023- yil 1-yanvar holatiga koʻra, mamlakatimizda kvartira (yakka tartibdigi uy)lar soni 7 301,2 ming birlikni tashkil etib, oʻtgan yildagi koʻrsatkichga nisbatan (7 147,2 ming birlik) oʻsish 2,2 % ni yoki 154,0 ming birlikni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-fevral oylarida koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining ulushi 6,4 % ni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 120,0 % ga teng boʻldi.

2023- yilning 1- aprel holatiga respublikamizda jami 35 106 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda va ulardan 1 291 tasi joriy yilning yanvar-mart oylarida yangi tashkil etildi.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyatida YAHM o‘sishiga qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi 1,5 f.p, sanoat tarmog‘i – 4,4 f.p, qurilish tarmog‘i – 0,4 f.p, xizmat ko‘rsatish tarmog‘i – 1,9 f.p. va mahsulotga sof soliqlar – 0,4 f.p. ijobiy hissa qo‘shdi.

2023- yilning 1-yanvar holatiga umumfoydalaniladigan temir yoʻllar uzunligi 4 726,1 km. ga teng. Umumfoydalaniladigan temir yoʻllar uzunligida elektrlashtirilgan temir yoʻllarning ulushi 40,9 % ni tashkil etdi.