24/07/2023

2022- yil 24- iyul kuni boshqarmada navbatdagi “Yangi O‘zbekiston istiqboli uchun mas’ulmiz!” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi.  Tadbirda boshqarma bolig‘ining o‘rinbosari M.Yusupov, ma’naviy va ma’rifiy ishlar mas’ul xodimi J.Tuxtabayeva hamda boshqarma xodimlari ishtirok etdilar.  Boshqarma bolig‘ining o‘rinbosari M.Yusupov Yosh avlod kelajagi hamisha Oʻzbekiston davlat siyosatining markazida ekanligini, yoshlar barcha davrlarda jamiyatning faol qatlami sifatida eʼtirof etib kelinayotganlini, mamlakatni qudratli qiladigan kuch ilm-fan, taʼlim va tarbiya ekan, bilim va maʼnaviyat maskani boʻlgan maktablar sharoitini yaxshilash kechiktirib boʻlmas vazifa hisoblanishini aytib o‘tdi. Tadbir so‘ngida ma'ruzachi va boshqarma xodimlari o‘rtasida mavzu yuzasidan bahs va munozarlar bo‘ldi.