2023- yilning yanvar-iyunida YAHMning o‘sishi hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqdir. O‘sish sur’atlari qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 101,2 % (YAHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibidagi ulushi – 35,1 %),sanoatda – 103,5 % (24,8 %), qurilishda 103,1 % (5,7 %), xizmatlar sohasida – 104,5 % (34,4 %)ni tashkil etdi. Xizmatlar sohasi tarkibida o‘sish sur’atlari savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda 105,5 % (7,1 %), tashish va saqlash, axborot va aloqa tarmoqlarida 106,2 % (5,7 %), boshqa xizmat tarmoqlari 103,7 % (21,6%) dan iborat bo‘ldi