21/07/2023

2023- yil 21- iyul kuni boshqarmada navbatdagi “Jaholatga    qarshi    ma’rifat” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda boshqarma bolig‘ining birinchi o‘rinbosari M.Yusupov, ma’naviy va ma’rifiy ishlar mas’ul xodimi J.Tuxtabayeva hamda boshqarma xodimlari ishtirok etdilar.Ma'naviyat soatida ma‘ruzachi, hozirgi vaqtda ko‘z o‘ngimizda dunyoning turli joylarida ro‘y berayotgan iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasidagi chuqur o‘zgarishlar, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshig‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etmoqdalini aytib o‘tdi. Mavzu yuzasidan boshqarma xodimlari o‘rtasida bahs va munozarlar bilan atroflicha muhokama qilindi. Ushbu mavzu hozirgi kundagi dolzarb masalalardan biri bo‘lib, xodimlar uchun juda foydali va mazmunli bo‘ldi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech