2023- yilning yanvar-iyun oylarida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar – 1268,1 mlrd so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 18,7% ini tashkil etdi. Aholi mablag‘lari hisobidan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 11,1 % yoki 750,2 mlrd so‘mi o‘zlashtirildi.To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 3538,3 mlrd so‘mni yoki 52,2 % ni tashkil etdi.