21/07/2023

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi statistik hisob-kitoblarga ko‘ra, 8 560,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022–yilning yanvar-iyun oyiga nisbatan 5,0 % ga oshdi. Viloyat miqyosida ushbu sektorning jami chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 92,9 % ni tashkil etdi. Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi, 2022- yilning yanvar-iyun oyiga nisbatan 9,9 % ga o‘sdi va 656,1 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Bu esa umumiy savdo hajmining 7,1 % ulushiga to‘g‘ri keldi.