21/07/2023

2022/2023-o‘quv yilida viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan oliy ta’lim tashkilotlariga jami 112,2 ming nafar abiturientlardan arizalar topshirilgan bo‘lib, ulardan 11,5 ming nafari, yoki 10,2 % talabalikga qabul qilindi. O‘tgan 2018/2019-o‘quv yiliga nisbatan taqqoslaganda qabul qilingan talabalar soni 2,0 barobarga ko‘payganligini kuzatish mumkin.