So'nggi yangiliklar

2024-yilning 1-sentabr holatiga ko'ra Andijon tumanida yangi tashkil etilgan sanoat korxonalari soni 65 tani tashkil etdi.

Joriy yilning 2–4-oktabr kunlari Toshkent shahridagi “InterContinental Trilliant” mehmonxonasi majlislar zalida “Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining II xalqaro statistika forumi: statistikada yangi texnologiya va maʼlumotlar manbalari” mavzusida navbatdagi yigʻilishi oʻtkazilmoqda.

2024-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, san’at, ko‘ngil ochish va dam olish sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 2 158,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-avgust oylarida Andijon viloyatida moliyaviy xizmatlar hajmi 3 565,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-avgust oylarida Andijon shahrida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 1 847,0 mlrd. so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi.

Respublikamizda 2024-yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish sohasida 46 947 ta tadbirkorlik subyektlari  ro‘yxatdan o‘tgan.

2024-yilning yanvar-avgust oylari yakunlariga ko‘ra, ichimlik mahsulotlari ishlab chiqarishning ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 0,2 % bo'lib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan fizik hajm indeksi 3,7.m % ni tashkil etdi va ishlab chiqarish hajmi 82,8 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.

2024-yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston Respublikasida yakka tartibdagi turar-joylar qurilishi boʻyicha 13,1 trln soʻm ishlar bajarilgan.

Forum joriy yilning 2–4-oktabr kunlari Toshkent shahridagi “InterContinental Trilliant” mehmonxonasida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Ijroiya qoʻmitasi va MDH Davlatlararo Statistika qoʻmitasi bilan hamkorlikda oʻtkazilmoqda.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-iyul holatiga respublikamizdagi dehqon va tomorqa xo‘jaliklarda qo‘y va echkilarning umumiy soni 18 607,2 ming boshni tashkil etgan.

2023-yilda Andijon viloyati bo‘yicha kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan yangi ochilgan ish o‘rinlari soni 22 517 tani tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-avgust oylarida Andijon viloyatida ko'rsatilgan xizmatlar hajmi 16 274,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Asaka tumanida 2024-yilning yanvar-avgust oylarida aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi 76 268,8 ming so‘mni tashkil etdi.

Statistika agentligi tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2024- yilning yanvar-avgust holatiga ko‘ra, to‘rt va undan ko‘p bolali uy xo‘jaliklar 7,1 % ni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-avgust oylarida taʼlim sohasidagi xizmatlar hajmi 14 965,5 mlrd soʻmni yoki koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 4,1 % ini tashkil etgan.

2024-yil 1-sentabr holatiga ulgurji savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 2 679 tani tashkil etdi.

2023-yilning dastlabki yakunlariga ko‘ra, xizmatlar sohasi yashirin iqtisodiyotida 79 272,2 mlrd so‘m yalpi qo‘shilgan qiymat yaratilgan.

Andijon viloyatida 2024-yilning 1-sentabr holatiga 23 130 ta kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyat ko‘rsatmoqda (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz).