Select any text and click on the icon to listen!

22/05/2025

    Uy xo‘jaliklarida kuzatuv o‘tkazish uslubiyoti Jahon Banki va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa Iqtisodiy Komissiyasining tavsiyalariga asoslangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida o‘tkaziladi. Xususan, joriy yilning 20-may kuni viloyat statistika boshqarmasining Aholi turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi mutaxassisi G.Mominova tomonidan Baliqchi tumani “Sherobod” MFY da tanlanma ravishda uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan xonadonlarda so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnoma natijalaridan aholining turmush darajasi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, kambag‘allik ko‘rsatkichlari, iste’mol narxlari indeksini hisoblash, milliy hisoblar tizimida uy xo‘jaliklari sektori hisoblarini tuzish va boshqa statistika hisob-kitoblarda foydalanish ko‘zda tutilganligi haqida respondentga tushuntirildi. Kuzatuvdan olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.

Select and listen