Select any text and click on the icon to listen!

26/05/2025

Statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025- yilning yanvar–aprel oylarida Buloqboshi tumani iqtisodiyotida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ijobiy o‘sish kuzatildi.

Quyidagi ko‘rsatkichlar buni yaqqol tasdiqlaydi:

 Sanoat ishlab chiqarishi
– Umumiy hajm: 547,5 mlrd so‘m
– Fizik hajm indeksi: 121,4 %

 Qurilish ishlari
– Umumiy hajm: 65,7 mlrd so‘m
– O‘sish sur’ati: 143,5 %

 Chakana savdo tovar aylanmasi
– Umumiy hajm: 182,7 mlrd so‘m
– O‘sish sur’ati: 118,0 %

 Bozor xizmatlari hajmi
– Umumiy hajm: 327,3 mlrd so‘m
– O‘sish sur’ati: 113,4 %

 Tashqi savdo aylanmasi
– Umumiy hajm: 8,7 million AQSH dollari
– O‘sish sur’ati: 20,8 %

 Eksport
– Hajmi: 6,2 million AQSH dollari
– O‘sish sur’ati: 169,9 %

 Import
– Hajmi: 2,4 million AQSH dollari
– O‘sish sur’ati: 6,4 %

 Korxona va tashkilotlar faoliyati

 2025- yil 1- may holatiga ko‘ra, Buloqboshi tumanida jami 822 ta korxona va tashkilot (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat yuritmoqda.
 Shundan 599 tasi kichik tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi, bu umumiy tashkilotlarning qariyb 72,9 foizini tashkil etadi.

 Ushbu raqamlar viloyat iqtisodiyotining barqaror o‘sib borayotganidan dalolat beradi va iqtisodiy faoliyatning barcha yo‘nalishlarida faollik kuzatilayotganini ko‘rsatadi.

Select and listen