Statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025- yilning yanvar–aprel oylarida Andijon shahri iqtisodiyotida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ijobiy o‘sish kuzatildi.
Quyidagi ko‘rsatkichlar buni yaqqol tasdiqlaydi:
Sanoat ishlab chiqarishi
– Umumiy hajm: 5,0 trillion so‘m
– Fizik hajm indeksi: 112,5 %
Qurilish ishlari
– Umumiy hajm: 996,2 mlrd so‘m
– O‘sish sur’ati: 116,2 %
Chakana savdo tovar aylanmasi
– Umumiy hajm: 2,3 trillion so‘m
– O‘sish sur’ati: 107,0 %
Bozor xizmatlari hajmi
– Umumiy hajm: 3,7 trillion so‘m
– O‘sish sur’ati: 114,8 %
Tashqi savdo aylanmasi
– Umumiy hajm: 169,0 million AQSH dollari
– O‘sish sur’ati: 93,5 %
Eksport
– Hajmi: 24,3 million AQSH dollari
– O‘sish sur’ati: 76,7 %
🛩 Import
– Hajmi: 144,7 million AQSH dollari
– O‘sish sur’ati: 97,1 %
Korxona va tashkilotlar faoliyati
2025- yil 1- may holatiga ko‘ra, Andijon shahrida jami 6 935 ta korxona va tashkilot (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat yuritmoqda.
🔹 Shundan 5 739 tasi kichik tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi, bu umumiy tashkilotlarning qariyb 82,7 foizini tashkil etadi.
Ushbu raqamlar viloyat iqtisodiyotining barqaror o‘sib borayotganidan dalolat beradi va iqtisodiy faoliyatning barcha yo‘nalishlarida faollik kuzatilayotganini ko‘rsatadi.