Select any text and click on the icon to listen!

26/05/2025

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024- yilda O‘zbekiston Respublikasida doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 75,1 yoshni tashkil etdi.

 Bu ko‘rsatkich 2023- yilda 74,7 yoshni tashkil etgan.

 Yillar kesimida O‘zbekistonda doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi dinamikasi quyidagicha:

1991- yilda – 66,4 yosh

1995- yilda – 69,1 yosh

2000- yilda – 70,8 yosh

2005- yilda – 71,8 yosh

2010- yilda – 73 yosh

2015- yilda – 73,6 yosh

2020- yilda – 73,4 yosh

2024- yilda – 75,1 yosh

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasida 2025- yil 1- yanvar holatiga aholining o‘rtacha yoshi 29,3 yoshni tashkil etdi.

Select and listen