Andijon viloyati statistika boshqarmasining ma'lumotiga ko‘ra, 2025-yil yanvar-mart oylari holatiga Xo'jaobod tumanida qurilish korxona va tashkilotlar tomonidan 60,6 mlrd so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda o'sish sur'ati 128,0 % ni tashkil etdi.
Shundan:
Yirik korxonalar – 6,5 mlrd so‘m
Kichik korxona va mikrofirmalar – 50,1 mlrd so‘m
Norasmiy sektor – 4,0 mlrd so‘mga to‘g‘ri keldi.