Select any text and click on the icon to listen!

21/05/2025

Statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, Andijon viloyatida 2024/2025 o‘quv yili boshida faoliyat yuritayotgan umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlari soni 820 tani tashkil etgan.

 Bu ko‘rsatkich 2020/2021 o‘quv yiliga nisbatan 41 taga ko‘paygan.

 Yillar kesimida maktablar soni o‘sishi quyidagicha:

🔹2020/2021 o‘quv yili boshiga — 779 ta

🔹2021/2022 o‘quv yili boshiga — 789 ta

🔹2022/2023 o‘quv yili boshiga — 806 ta

🔹2023/2024 o‘quv yili boshiga — 812 ta

🔹2024/2025 o‘quv yili boshiga — 820 ta

Bu raqamlar viloyatda ta’lim infratuzilmasi izchil kengayib borayotganini ko‘rsatadi.

 Hududlar bo‘yicha maktablar soni (2024/2025 o‘quv yili boshiga):

🔸 Andijon shahri – 78 ta
🔸 Xonobod shahri – 8 ta
🔸Oltinko‘l tumani – 55 ta
🔸 Andijon tumani – 61 ta
🔸 Baliqchi tumani – 64 ta
🔸 Bo‘ston tumani – 29 ta
🔸 Buloqboshi tumani – 35 ta
🔸 Jalaquduq tumani – 56 ta
🔸 Izboskan tumani – 57 ta
🔸 Ulug‘nor tumani – 27 ta
🔸 Qo‘rg‘ontepa tumani – 63 ta
🔸 Asaka tumani – 70 ta
🔸 Marhamat tumani – 48 ta
🔸 Shahrixon tumani – 78 ta
🔸 Paxtaobod tumani – 51 ta
🔸 Xo‘jaobod tumani – 40 tani tashkil qilgan.

 Eng ko‘p umumiy o‘rta ta’lim muassasalari Andijon shahrida (78 ta), Shahrixon tumani (78 ta) va Asaka tumani (70 ta) da joylashgan.

 Ushbu ma’lumotlar viloyatda ta’limga berilayotgan e’tibor, aholi sonining o‘sishi hamda maktablar tarmog‘ining kengayishi bilan bog‘liq. Har bir hududdagi maktablar soni u yerda yashovchi aholining ta’limga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qilmoqda.

Select and listen