So'nggi yangiliklar
2022- yilning 1- dekabr holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 15 497 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 389 taga ko‘paygan.
07/01/2023 • So'nggi yangiliklar
2022- yil yanvar-sentabr oylarida oʻrtacha sutkalik hisobda temir yoʻl transportida yuk tashish 201,0 ming tonnani tashkil etdi yoki 2021- yilning mos davriga nisbatan 2,7 % ga oshdi. O‘rtacha bir tonna yuk jo‘natish masofasi 343,8 km. ga yetdi yoki 2021- yilning shu davriga nisbatan 0,8 % ga kamaydi.
07/01/2023 • So'nggi yangiliklar
2022-yilning yanvar-noyabr oylarida respublika boʻyicha 850282 ta tirik tugʻilish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.Bu koʻrsatkich hududlar boʻyicha solishtirilganda eng koʻp Samarqand viloyatida 101858 ta holat kuzatilgan.
07/01/2023 • So'nggi yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-sentabrida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida kichik tadbirkorlik (biznes) umumiy hajmiga nisbatan ulushi 96,7 % ni tashkil etdi. Hududlar kesimida eng ko‘p ulush Jizzax viloyatida – 99,0 % ni tashkil qildi.
07/01/2023 • So'nggi yangiliklar
2022-yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekistonga 653 tonna ananas import qilingan.
07/01/2023 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning 1- dekabr holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 15 497 tani, shundan qo‘shma korxonalar 6 401 ta va xorijiy korxonalar 9 096 tani tashkil etgan bo‘lib, ularning sohalar bo‘yicha soni quyidagi ko‘rinishda aks etdi:
07/01/2023 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida oʻqish maqsadida 5346 nafar chet el fuqarolari Oʻzbekistonga tashrif buyurgan boʻlsa, bulardan 1364 nafari hindistonliklardir.
07/01/2023 • So'nggi yangiliklar
Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022-yilning yanvar-noyabr holatiga ko‘ra Andijon viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 76,4 %ni tashkil etadi.
2022-yilning yanvar–sentabr oylarida Andijon viloyatida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan tirik vaznda 126,2 ming t. goʻsht (2021– yilning yanvar – sentabriga nisbatan 102,4 %), 663,8 ming tonna sut (103,3 %), 436,7 mln. dona tuxum – (100,7 %), yetishtirildi va 7 813 t. baliq (112,6 %) ovlandi.
07/01/2023 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar-oktabr oylarida avtomobillar va mototsikllar ulgurji va chakana savdosi bo‘yicha xizmatlar, shu jumladan, ularni taʼmirlash xizmatlari hajmida Toshkent shahrining ulushi 34,8 % ni yoki 1 877,3 mlrd. soʻmni tashkil etdi. Nisbatan past koʻrsatkich Sirdaryo viloyatida qayd etildi – 1,1 % yoki 61,2 mlrd soʻm.
07/01/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 4 138,4 tonna shaftoli sharbati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 189,0 % ni tashkil etdi.
07/01/2023 • So'nggi yangiliklar
2022- yilda narxlar pasayishi bo'yicha yuridik xizmatlar (-23,1 %) yetakchilik qilib, bu holat transport vositalarini ro'yxatdan o'tkazishda davlat bojining pasaytirilishi bilan bog'liq. Narxlar pasayishi bo‘yicha yetakchilik qilgan tovarlar va xizmatlar Top-3 taligidan shuningdek, mamlakat ichki yo‘nalishidagi havo transporti xizmatlari (-6,4 %) va benzin (-5,7%) o‘rin oldi.
07/01/2023 • So'nggi yangiliklar
2022-yilning 31-dekabr holatiga koʻra, tuzilgan mazkur reyting Oʻzbekistonda yetakchi hisoblangan 50 ta OAVda eʼlon qilingan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning tahliliga asoslanadi. Yakuniy reyting Oʻzbekiston Respublikasidagi 30 ta vazirlik va davlat qoʻmitalarining faoliyatini oʻrganishni oʻz ichiga oladi.
07/01/2023 • So'nggi yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-noyabr oylarida hududlar kesimida xususan, Toshkent shahri - 28 236,2 mlrd. so‘m, Toshkent viloyati - 10 429,7 mlrd. so‘m va Samarqand viloyatida - 7 746,7 mlrd. so‘m qurilish ishlarining yuqori hajmlari qayd etildi.
07/01/2023 • So'nggi yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning 1- oktabr holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha, eng kam sogliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida – 9 718 ta yoki jami faoliyat ko‘rsatayotganlarning 1,9 % ni tashkil qildi.
07/01/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 789,3 ming tonna suyultirilgan propan va butan ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 109,2 % ni tashkil etdi.
07/01/2023 • So'nggi yangiliklar
2022- yil 1- yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining uzunligi 42,9 ming km.ni tashkil etdi.
2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekistonga 6 ta xorijiy davlatdan qiymati 3,1 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 5,1 ming tonna kivi import qilingan.
291-sahifa 331 dan