So'nggi yangiliklar

Joriy yilning  23-iyun  kuni  Andijon viloyati  statistika boshqarmasi  boshligʻining o‘rinbosari D.Yangiyev, Shahrixon tumani, hududiy statistika bo’limi  mas’ul  registratori tomonidan o’tkazilayotgan 4 savdo  (YATT) tanlanma kuzatuvida  ishtirok  etdi.

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni «Aholini va hududlarni tabbiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida» 1999- yildagi qaroriga asosan joriy yilning 23- iyun kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasining ishchi xodimlari o‘rtasida ««Diqqat hammaga» signalini berish usuli, favqulodda vaziyatlarda aholining harakatlari» mavzusi bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Tadbirda boshqarma boshliqlari hamda boshqarma xodimlari ishtirok etdilar. O‘zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iste’dodini yuzaga chiqarish uchun har bir hududda zarur shart-sharoitlar muhayyo qilinmoqda.

Joriy yilning 23- iyun kuni Andijon viloyati  statistika boshqarmasi boshligʼi N.To‘xtaboyev  Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari boʼlimi mutaxassisi Z.Xoldarova bilan Paxtaobod tumani Yolg‘izbog‘ MFY Yulduz ko‘cha 59- xonadonda  uy xoʼjaligi kuzatuvi oʼtkazildi.

2022/2023–o‘quv yilida Andijon viloyati bo‘yicha 5 ta akademik litseylar faoliyat ko‘tsatgan. Ularning barchasi Andijon shahrida joylashgan.2018/2019-o‘quv yiliga nisbatan ular soni 4 taga kamaygan.

2023- yil yanvar-may oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 1 994 tani tashkil etdi. Yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar sonining tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar 1 726 ta, oilaviy korxonalar 131 ta, xususiy korxonalar 39 tani tashkil etgan.

2023- yil yanvar-may oylarida, Andijon viloyatida jami 2448,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2022- yil yanvar-may oylariga nisbatan 100,6 % ni tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yil yanvar-may oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 8 017,0 mlrd so‘mga yetdi. Taqqoslama ekvivalentda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 106,9 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning  22-iyun  kuni  Andijon viloyati  statistika boshqarmasi  boshligʻi N.To‘xtaboyev, Andijon shaxrida, hududiy statistika bo’limi  mas’ul  registratori tomonidan o’tkazilayotgan 4 savdo  (YATT) tanlanma kuzatuvida  ishtirok  etdi.

2023- yil 1- iyun holatiga chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 7 621 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 22 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 7 599 tani tashkil qildi.

TSAda eksport hajmi 495,2 mln AQSh dollariga (15,7 % ga ko‘paydi) va import hajmi 1 570,7 mln AQSh dollariga (24,1 % ga ko‘paydi) yetdi. Hisobot davrida 1 075,4 mln AQSh dollari qiymatida manfiy tashqi savdo balansi qayd etildi.

Andijon viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti D. Rasulov tomonidan boshqarma xodimlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasining  08.01.2018 yildagi “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi O‘RQ-457-sonli Qonuni va Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uni oldini olish mavzusida seminar tadbiri o‘tkazildi.

 2023- yil yanvar-may oylarida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarning umumiy hajmida oziq-ovqat va ichimliklar bilan ta’minlash bo‘yicha xizmatlarning ulushi 86,7 % bilan ustunlik qildi.

 2023- yil yanvar-may oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 8 017,0 mlrd so‘mga yetdi. Taqqoslama ekvivalentda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 106,9 % ni tashkil etdi.

 2023-yilning 20-iyun kuni Statistika agentligida aholini ro‘yxatga olishning zamonaviy usullari va afzalliklari boʻyicha taqdimot o‘tkazildi.

2023-yil 1-iyun holatiga ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha o‘zaro taqqoslanganda, mas’ulyati cheklangan jamiyatlaridan keyin ikkinchi o‘rinni xususiy korxonalar egallagan bo‘lib, so‘nggi besh yilning mos davrlarida ushbu sohada ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni quyidagicha:

 2023-yil 1-yanvar holatiga respublikamizda 405 ta ixtisoslashtirilgan joylashtirish obyektlari faoliyat koʻrsatmoqda (oʻtgan yilga nisbatan 1,2 martaga oʻsgan), shundan:

2022-yilda FHDYO organlari tomonidan Andijon viloyatida jami 25 847 ta nikoh qayd etilgan boʻlib, shundan:

22 255 ta nikoh 30 yosh va undan kichiklar orasida qayd etilgan va bu jami tuzilgan nikohlarning 86,1 foizini takil etmoqda.