Joriy yilning 26-iyun kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshligʻining o‘rinbosari D.Yangiyev, Buloqboshi tumani, hududiy statistika bo’limi mas’ul registratori tomonidan o’tkazilayotgan 4 savdo (YATT) tanlanma kuzatuvida ishtirok etdi.Kuzatuv davomida chakana savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan mahsulotlarini sotishdan tushgan tushumini registrator tomonidan planshet qurilmasiga sifatli va aniq kiritilishi bo’yicha ko’rsatma va topshiriqlar berildi.