27/06/2023

Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalarining fidoyilari! Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi va Andijon viloyati statistika boshqarmasi barcha xodimlari 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bayrami bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etadi. Sharafli mehnatingiz, haqiqatni soʻzlashdagi jasoratingiz va yaxshilikni keng yoyishdagi joʻshqin ishtiyoqingiz aslo soʻnmasin. Hayot haqiqatlarini, atrofimizda sodir boʻlayotgan voqea-hodisalarni va albatta, amalga oshirilayotgan ishlarimizdagi yutuq hamda kamchiliklarimizni roʻyi-rost koʻrsatib berayotganingiz uchun sizlardan minnatdormiz.