2023- yil 27- iyun kuni boshqarmada navbatdagi “Qurbon hayiti – ko‘ngillar shodligi” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda boshqarma boshliqlari hamda boshqarma xodimlari ishtirok etdilar.Dinimizda bir yilda ikki kun – Ramazon hayiti va Qurbon hayiti kunlarini mo‘min-musulmonlar uchun bayram kuni etib belgilangan. Qurbon hayiti ko‘zlarimizni quvontirib olamga mehmon bo‘ladi. Hayit kunlari xursandchilik kuni bo‘lib, farzandu nabiralarga hayit munosabati bilan sovg‘alar ulashish, yaqinlaru qarindoshlar hamda do‘stu birodarlar holidan xabar olish, ularni ham xursand qilish – ushbu kunda bajarilishi kerak bo‘lgan amallardandir.Fursatdan foydalanib Andijon viloyati statistika boshqarmasi butun O‘zbekiston musulmonlarini xalqimizning ulug‘ bayrami bo‘lmish qurbon hayiti bilan chin yurakdan muborakbod etamiz. Alloh taolo jonajon yurtimizning tinchlik-xotirjamligini bardavom aylasin, obod va ozod vatanimizni yomon ko‘zlardan O‘z panohida asrasin! Bunday shodiyona kunlarga eson-omonlik va bag‘ri butunlikda takror-takror yetishib yurish baxti barchamizga nasib etsin! Kirib kelayotgan bayramingiz muborak bo‘lsin, azizlar!