23/06/2023

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni «Aholini va hududlarni tabbiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida» 1999- yildagi qaroriga asosan joriy yilning 23- iyun kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasining ishchi xodimlari o‘rtasida ««Diqqat hammaga» signalini berish usuli, favqulodda vaziyatlarda aholining harakatlari» mavzusi bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.Kun tartibidagi masala yuzasidan boshqarmaning texnika xavfsizligi va fuqaro muxofazasi 2–toifali muhandisi B. Asrankulov so‘zga chiqib, o‘quv mashg‘ulot mavzusi bo‘yicha tushuntirishlar berdi.