08/06/2023

Qurilish sohasi mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan sohalardan hisoblanadi. Qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar shuni ko‘rsatdiki: binolar va inshootlar qurilish yo‘nalishi 77,8 foiz ulushni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2022- yilning mos davriga nisbatan 103,9 foizga oshgan; fuqarolik obyektlarini qurish yo‘nalishi 9,8 foiz ulushni tashkil etib, o‘sish sur’ati 87,1 foizga yetdi; ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishi 12,4 foiz ulushni va 99,1 foiz o‘sish sur’atini tashkil etdi.